Moliya vazirligi 2022–2030 yillarda aholini ijtimoiy himoya qiliş milliy strategiyasi loyihasini muhokamaga qöyildi.

Aholini ijtimoiy himoya qiliş sohasida quyidagi asosiy islohotlarni amalga oşiriş közda tutilmoqda:

1. Ijtimoiy suğurta tizimini joriy etiş:

a) Fuqarolarni kasallik, homiladorlik, baxtsiz hodisa, iş örinlarining qisqarişi va şu kabi boşqa holatlarda daromadsiz qolişdan kafolatlaş maqsadida ijtimoiy suğurta jamğarmasi taşkil etiladi.

b) ayollarga homiladorlik va tuğiş nafaqasi ularning suğurta staji va iş haqi miqdoridan kelib çiqib, ijtimoiy suğurta jamğarmasidan tölanadi.

2. Davlat tomonidan körsatiladigan ijtimoiy yordam samaradorligini oşiriş:

a) ijtimoiy yordamdan oilani kambağallik holatidan çiqarişga qaratilgan vosita sifatida foydalaniş maqsadida davlat tomonidan berilayotgan kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqalarini ijtimoiy şartnoma tuziş orqali taqdim etiş tizimini yölga qöyiladi. Ijtimoiy şartnoma tizimida davlat tomonidan ijtimoiy yordam olayotgan fuqaro ma’lum bir ijtimoiy majburiyatni zimmasiga oladi;

b) “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimini davlat tomonidan körsatilayotgan barça turdagi ijtimoiy yordam va xizmatlarning yagona ma’lumotlar bazasiga aylantiriş.

Bunda, “Ayollar daftari”, “Yoşlar daftari” hamda “Saxovat va kömak” jamğarmalaridan yönaltirilayotgan mablağlarning şaffofligi va samaradorligini oşiriş maqsadida uçta jamğarma negizida “Oila, ayollar va yoşlarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş jamğarmasi” taşkil etilib, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi bilan integratsiya qilinadi.

3. Ijtimoiy xizmatlarni mustahkamlaş:

a) aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlaşda mahalla darajasida işlarni olib boriş mexanizmini yölga qöyiş, ya’ni oilaning umumiy holatidan kelib çiqib, uni hayotiy qiyin vaziyatdan çiqariş böyiça kompleks yondaşuv asosida ijtimoiy yordam va xizmatlarni körsatiş yölga qöyiladi;

b) davlat tomonidan taqdim etiladigan minimal ijtimoiy xizmatlar (sanatoriyga yöllanma beriş, protez-ortopediya vositalari bilan ta’minlaş va boşqalar) röyxati belgilanadi. Şu bilan birga, fuqarolarning ijtimoiy holatidan kelib çiqib, har bir ijtimoiy xizmatning hajmi, davriyligi va kim tomonidan amalga oşiriş standartlari işlab çiqiladi.