Mirodil Jalolov – xalq içida Odilboy bölib tanilgan bu insonni futbol muxlislari «Bunyodkor» klubi asosçisi, Rivaldo, Ziko va Skolari singari yulduzlar bilan boğlaşadi. Ilk marta katta intervyusini Kun.uz saytiga bergan taniqli tadbirkor suhbat davomida «Bunyodkor»ning şov-şuvli transferlari, öz vaqtida «Roma», «Valensiya»ni sotib olmoqçi bölgani, yulduzlarga qança maoş bergani haqida gapirdi.
- «Bunyodkor» loyihasi nima uçun qilingan edi: xalqqa tomoşa körsatişmi, «Zeromaks» kompaniyangizni tanitişmi, Özbekistonda futbolni rivojlantirişmi yoki şunçaki köngilxuşlik?
- Futbolga juda ham qiziqaman. Öz vaqtida futbol öynaganman. Futbol töğrisida kun böyi gapirişim mumkin. «Bunyodkor» klubiga kelsak, bilasizmi, 2004, 2005, 2006 yillar menga «Roma»ni 220 million yevroga sotib oliş taklifi böldi, «Valensiya»ni 180 million yevroga, «Malorka»ni 65 million yevroga sotib oliş taklif qilişgandi. Ammo biz özbek futboliga pul tikişga qaror qilganmiz. Heç qanday tomoşa yoki sport turi yöqki, ikki soat içida yuz ming tomoşabinni bir joyga yiğsa. Butun xalq futbolga tuşib, yutsa xursand, yutqazsa sökib, jahli çiqib bölsa-da ğuboridan çiqadi. Öşa payt katta korxonamiz işçilariga tomoşa qilib berişni istaganmiz. Bitta fakt – jamoa yutsa korxonamizda bir hafta iş sur’ati oşardi, yutqazsa, iş sur’ati tuşardi.

Jamoani noldan taşkil qilganmiz. Rossiya, Ukrainadagi futbolçilarimizni ortga qaytargandik. Futbolni ommalaştirişning yöllaridan biri yulduzlarni taklif etiş edi. Şu bois Braziliya, Çili va boşqa mamlakatlardan yaxşi saviyadagi öyinçilarni taklif etganmiz. Luizao, Vilyanueva singari yaxşi saviyadagi öyinçilar öz yurtida köp jarohat olişsa-da, bizga kelib yaxşi saviyani körsata olişgandi.
- «Bunyodkor»dagi xarajat va natijalar qançalik özini oqladi?
- Yevropada köpgina klublar bor, ularda rahbarlar saylanadi, natijalar evaziga öz-özini ta’minlaydi. Futbolda daromad qiliş emas, öz-özini qoplasa bu katta narsa. Agar klubni egasi tadbirkor bölsa, buni öz imtiyozlari böladi.
«Bunyodkor»ga EtöO kelgandi öynayman deb. «Samuel sening potensialing katta, bizning Osiyo futboli esa hali unaqa rivojlangan emas. Men pulni qizğanmayman, ammo sen Yevropada öynaşing kerak», dedim.











