Jahon | 08:09 / 23.05.2022
5665
2 daqiqa o‘qiladi

BMT: Dunyo bo‘ylab qochqinlar soni birinchi marta 100 million kishidan oshdi 

Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi va boshqa mamlakatlardagi qurolli to‘qnashuvlar zo‘ravonlik hamda inson huquqlari buzilishi tufayli o‘z uyini tashlab ketgan qochqinlar va ichki ko‘chganlar sonining ko‘payishiga olib keldi.

Foto: Picture Alliance

Inson huquqlari buzilishi va zo‘ravonlik tufayli o‘z uyini tashlab ketishga majbur bo‘lgan qochqinlar va ichki ko‘chganlar soni tarixda ilk bor sayyorada 100 million kishilik chegaradan oshdi. Bunday ma’lumotlar 23 may, dushanba kuni Jyenevada BMTning Qochqinlar bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi tomonidan e’lon qilindi. Rossiyaning Ukrainadagi agressiv urushi va boshqa qurolli mojarolar vaziyatning rivojlanishiga jiddiy hissa qo‘shdi, deya qayd etdi BMT Qochqinlar bo‘yicha oliy komissarligi.

Yuz million - bu ham hayajonli, ham tashvishli raqam, dedi BMTning qochqinlar bo‘yicha oliy komissari Filippo Grandi. «Bu halokatli mojarolarni hal qilish va oldini olish, ta’qiblarni to‘xtatish va begunoh odamlarni qochishga undaydigan asosiy sabablarni bartaraf etish uchun uyg‘onish qo‘ng‘irog‘i bo‘lishi kerak», dedi u.

BMT Qochqinlar bo‘yicha oliy komissarligining yangi ma’lumotlariga ko‘ra, Efiopiya, Burkina-Faso, Myanma, Nigeriya, Afg‘oniston va Kongo Demokratik Respublikasi kabi davlatlardagi zo‘ravonliklarning yangi to‘lqinlari yoki cho‘zilib ketgan mojarolar tufayli 2021 yil oxirigacha dunyoda majburiy ko‘chirilganlar soni 90 millionga yetdi.

Ukrainadagi urush 2022 yilda 8 million kishining bu mamlakat ichida boshqa joyga ko‘chib ketishiga olib keldi. Bundan tashqari, Ukrainani tark etgan 6 milliondan ortiq qochqin ro‘yxatga olingan. 

Ayni paytda, odamlarning Ukrainadan chiqib ketishga bo‘lgan ehtiyojiga xalqaro munosabat «ijobiy bo‘ldi», dedi Grandi. Odamlarda mehr-shafqat bor, aynan shunga o‘xshash narsa butun dunyo bo‘ylab inqirozlarni bartaraf etish uchun kerak, deya xulosa qildi BMTning Qochqinlar bo‘yicha oliy komissari. 

Mavzuga oid