Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 07:12 / 24.05.2022
2187
2 daqiqa o‘qiladi
Bolalar va o‘smirlar sport maktabida yaxshi natija ko‘rsatgan yoshlar Olimpiya maktabiga qabul qilinadi
O‘zbekistonda bolalar va o‘smirlar sport maktabida yaxshi natija ko‘rsatgan yoshlar Olimpiya maktabiga qabul qilinadi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Foto: Kun.uz
Qayd etilishicha, prezident topshirig‘iga ko‘ra ilg‘or xorijiy tajriba o‘rganildi. Shu asosda sportchilarni professional tayyorlash bo‘yicha quyidagi tizim joriy etiladi:
- kollejlar har bir viloyatda olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sifatida tashkil etiladi;
- markazlar huzurida 5-9-sinflar uchun Olimpiya maktablari, 10-11-sinflar va 1-2-kurslar uchun Olimpiya va paralimpiya kollejlari bo‘ladi;
- bolalar va o‘smirlar sport maktabida yaxshi natija ko‘rsatgan yoshlar Olimpiya maktabiga qabul qilinib, ta’lim oladi va chuqurlashtirilgan sport bilan shug‘ullanadi;
- ixtisoslashgan sport maktablari bitiruvchilari kollejlarga 1-kursga qabul qilinib, tayyorgarlikning uzluksiz tizimi yaratiladi;
- Sport vazirligi huzurida ilg‘or trener va xorijiy ekspertlardan iborat Murabbiylar kengashi tashkil etilib, musobaqalarda eng yuqori natijaga erishgan sportchilarni kollejlarga saralab oladi;
- kollej bitiruvchilari Oliy sport mahorati institutiga qabul qilinadi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
19:13 / 07.04.2026
Futbol bo‘yicha Superliga o‘yinlari soat 19:00 dan keyin belgilanishi mumkin
19:12 / 07.04.2026
Oliy sport mahorati maktablari o‘rniga «Olimpiya terma jamoalari markazi» tashkil qilinadi
18:34 / 07.04.2026
Ishchilarining sport bilan shug‘ullanishi uchun sharoit yaratgan tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi
18:32 / 07.04.2026