Şartnoma uşbu nufuzli taşkilotning 2022 yilning 15-16 may kunlari Bahrayn poytaxti Manama şahrida bölib ötgan 20 yillik anjumani davomida imzolandi. Şartnomaga köra, Özbekistonda taşkil etiladigan markaz AAOIFI'ning quyidagi yönalişlarida mutaxassislar tayyorlaş va sinovlarni taşkil etiş bilan şuğullanadi:

  • Islom moliyasi böyiça sertifikatlangan professional buxgalter (CIPA);
  • Şariat böyiça sertifikatlangan maslahatçi va auditor (CSAA);
  • Moliya hisobi standartlari böyiça mohirlik sertifikati (CPFAS).

Şuningdek, taşkil etiladigan markaz AAOIFI standartlari va naşrlarini Özbekistonda taqdim etiş, vazirlik va idoralar bilan işlaş, islom moliyasi böyiça tadbirlar taşkillaştiriş bilan şuğullanadi. Uşbu hamkorlikning yölga qöyilişi Özbekistonda joriy etilişi kutilayotgan islom moliyasi va bankçiligi sohasining jahon islom moliya sanoati bilan uyğunlaşişiga, xorijiy islom banklari, suğurta (takoful) taşkilotlari, jamğarmalari, kapital bozori iştirokçilari bilan samarali hamkorlik qilişiga jiddiy kömak beradi.

AAOIFI (Accounting and Auditing Organization for Islamic Financial Institutions) – Bahrayn qirolligi poytaxti Manama şahrida joylaşgan, islom moliya muassasalari va sohaning boşqa iştirokçilari uçun şariat, moliya hisobi, boşqaruv va axloq standartlari (qoidalari) işlab çiqiş, ularni tarğib qiliş, uşbu soha doirasida mutaxassislar yetiştiriş, ularni imtihon qiliş va malakasini oşiriş bilan şuğullanuvçi mustaqil xalqaro taşkilotdir. AAOIFI faoliyati islom moliya muassasalarining moliyaviy hisobotlaridan foydalanuvçilarning uşbu muassasalar tomonidan tayyorlanadigan ma’lumotlarga işonçini oşiriş hamda uşbu foydalanuvçilarni öz mablağlarini islom moliya muassasalariga investitsiya qiliş, omonatga qöyiş hamda ularning xizmatlaridan foydalanişga undaşga qaratilgan.

Bugungi kunda uşbu taşkilotga 45 dan ortiq mamlakatlardan markaziy banklar, islom moliya muassasalari, hisob-kitob (buxgalteriya), auditorlik faoliyati bilan şuğullanuvçi taşkilotlar hamda huquq va bank-moliya sohasida faoliyat yurituvçi boşqa taşkilotlar a’zodir.