Umummilliy masala bölgani sababli, kambağallikka barham berişda jamiyatdagi mavjud potensialning hammasini amaliyotga joriy qiliş zarur. Islom moliyasi bu borada katta imkoniyatlarni taqdim etadi.
Kambağallik – oziq-ovqat, kiyim-keçak va boşpana kabi asosiy ehtiyojlarni qondiriş uçun pul, moddiy imkoniyatlarning yetarli emasligi. Qaşşoqlik esa pulning yetişmasligidan köra kengroq ma’noni anglatadi. Jahon bankining ta’rifiga köra, qaşşoqlik – oçlik, boşpana yetişmasligi, kasal bölib, şifokorga murojaat qila olmaslik, maktabga bormaslik, sifatli ta’lim ololmaslik, işlab daromad topa olmaslik, umidsizlik, bir kun uçun kuraşib yaşaşdir.
Kambağallikning ortişi jamiyatda xarajatlarning ortişi evaziga iqtisodiyotga ta’sir körsatadi. Pandemiyagaça qaşşoqlik va kambağallikni qisqartiriş sohasida qisman bölsa-da ijobiy natijalarga erişilayotgan edi, pandemiyadan söng salbiy körsatkiç ortdi.
Özbekistonda ham qaşşoqlik va kambağallikka qarşi bir neçta dasturlar amalga oşirilmoqda, ijobiy tajribalar amaliyotga tatbiq etilmoqda. Biroq bu budjet mablağlari evaziga yoki ma’lum bir investitsiyalarni jalb qiliş bilan hal böladigan muammo emas. Umummilliy masala bölgani sababli, kambağallikka barham berişda jamiyatdagi mavjud potensialning hammasini amaliyotga joriy qiliş zarur.
Islom moliyasi – ijtimoiy jamiyat moliyasi
Özbekiston aholisining 94 foizdan ortiği – musulmonlar. Islom diniga e’tiqod qiluvçilar köp bölgan jamiyatlarda qaşşoqlik va kambağallikni qisqartiriş uçun, har qanday boşqa jamiyatdan köra samaraliroq kuraşiş imkoniyati bor.
Islomda noçorlikdan xalos böliş uçun eng muhim omillar sifatida halol mehnat qiliş, qarindoşlik haqlari, zakot, zakotdan taşqari majburiyatlar, ixtiyoriy sadaqalar va ehsonlar qiliş orqali jamiyatda ijtimoiy adolatni ta’minlaş keltirib ötiladi. Özaro moliyaviy munosabatlarni tartibga soliş böyiça Qur’oni karim, hadislarga asoslangan batafsil körsatmalar berilgan. Hozirgi kunda Islom moliyasi xizmatlarini joriy qiliş nafaqat kambağallikka qarşi kuraşişda, balki jamiyatning barqaror rivojlanişida ham muhim örin tutişi öz isbotini topmoqda.
Islom moliyasi böyiça ba’zi ğarblik yetakçilarning fikrlari quyidagiça:
“Islom moliyasi, umuman olganda, mamlakatlarda moliyaviy barkarorlikni ta’minlaş potensialiga ega, çunki uning risklarni taqsimlaş xususiyati moliyaviy qarzdorlikni kamaytiradi, moliyalaştiriş esa aniq bir aktivlarga boğlangan va şu sababli töliq kafolatlangan”. — Xalqaro valuta fondi sobiq rahbari, Kristin Lagard
Mavzuga oid
“London allaqaçon Islom dunyosidan taşqaridagi eng yirik islomiy moliyalaştiriş markaziga aylanib bölgan. Bugun bizning oldimizga qöygan maqsadimiz uşbu sohada yana oldinga intilişdir. Men Londonni faqatgina Ğarb dunyosidagi Islom moliyasi markazi sifatida emas, balki Dubay bilan yonma-yon, dunyo islomiy moliyalaştiriş markazi sifatida körişni xohlayman” . — Çarls, Uels şahzodasi
“Islom moliyasining asosiy şartlari – uning pul mablağlarini mutanosib va adolatli taqsimlaş tarafdori ekanidan dalolat beradi. Dunyo globallaşuvining vazifasi, bu – dunyoni insoniyat uçun yaxşiroq qiliş, jamiyatlarning barça qatlamlari uçun tinçlik, taraqqiyot va farovonlikning yangi xalqaro tartibini yaratişdan iboratdir. Islom moliyasi uşbu masalalarni hal qilib bera oladi.” — Jahon banki
Islom ijtimoiy moliyasi
Islom ijtimoiy moliyasi (IIM)sadaqa, zakot, vaqf, qarzi hasana kabi moliyaviy tuşunçalarni öz içiga olib, şar’iy axloq va adolat me’yorlariga asoslanadi.
Islom dini boylarni, tadbirkor insonlarni, amaldorlarni saxiy bölişga, özlariga sinov tariqasida berilgan omonat boyliklarni yaxşilikka, halol işlarga sarflaşga hamda boyliklarini adolatli taqsimlaşga buyuradi. IIM moddiy jihatdan qiynalgan, kambağal oilalarga yordam beriş orqali ularning jamiyatdagi örnini tiklaydi hamda ularning yanada noçorlik botqoğiga botib, zaiflaşib ketişining oldini oladi.
Zakot – farz qilingan moliyaviy ibodat. Musulmon kişining mol-mulki nisobga (ma’lum bir belgilangan miqdor, çegara) yetganda u boyligining 1/40 qismini zakotga ajratişi lozim. Zakot juda katta imkoniyatlarga ega moliyaviy instrumentdir, agar musulmonlar uning farzligini jiddiy anglab, mulklarini poklab, ajr va barokot umidida nisobga yetgan mulklaridan har yili zakot ajratib borsalar, jamiyatda kambağallar va muhtojlarning keskin kamayişiga sababçi böladilar. Çunki zakot, kambağallarning tirikçiligini ta’minlaş bilan çeklanib qolmaydi, balki ularni boyitişga ham qaratiladi.
2021 yilda Malayziyada 1,15 million zakot beruvçi tomonidan 828,67 million ringgit (taxminan 190 mln dollarga yaqin) zakot va fitr sadaqa berilgan. Malayziya, Indoneziya, Misr va boşqa köplab Yaqin Şarq mamlakatlarida zakot mablağlarini taqsimlaş hukumat va nodavlat taşkilotlari orqali institutsionalizatsiya qilingan. Ya’ni zakot beruvçilar va oluvçilar institutsional tizimdan foydalanmoqda.
Vaqf – köçmas va köçar mulkni uşlab qolgan holda, muassis tomonidan belgilangan imtiyoz va şartlar asosida öz daromadlarini doimiy ravişda jamoat yoki oilaviy ehtiyojlarni qondiriş uçun sarflaş yöli bilan taşkil etilgan moliyaviy xayriya harakatidir. Mulk vaqf sifatida yaratilganidan keyin u heç qaçon hadya qilinmaydi, merosga berilmaydi hamda sotilmaydi. U Alloh taoloning mulki bölib, vaqf mulki sifatida saqlanib qoladi.
Vaqf mulklari ham juda katta moddiy imkoniyatlarga ega moliyaviy institut hisoblanadi, vaqf mulklarini boşqaradigan mas’ul mutaxassislar uşbu mulklarni eng samarali işlarga yönaltiradilar. Insonlarni öz mulklarini jamoat manfaati uçun xayr-ehson qilişga tarğib etiş orqali jamiyatda ijtimoiy barqarorlikka erişiladi, tabaqalaşuvning oldi olinadi, monopoliyalarga çek qöyiladi, soğlom raqobat vujudga keladi.
Sadaqai joriya – savobi doimiy oqib turadigan xayrli amal, xayrli iş. Xalq uçun xizmat qiladigan manfaatli iş. Vaqf qiluvçilar bu dunyoda ham, oxiratda ham savob olib turadilar.
Vaqfmusulmon jamiyatlarida muhim rol öynaydi. U jamiyatda körsatiladigan turli xizmatlarining asosiy manbayi bölib kelgan. Vaqf şariat taqiqlamagan barça turdagi xayrli işlarda insoniyat manfaati uçun xizmat qiladi. Bular – ta’lim (boğça, maktab, universitet, talabalar yotoqxonasi), soğliqni saqlaş (kasalxonalar, sanatoriylar), halol turizm (mehmonxona) masjid-madrasalar qurilişi va ularni qöllab-quvvatlaş, ilm ahlini moddiy quvvatlaş, infratuzilmalarni yaratiş kabilardir.
Vaqf musulmon mamlakatlarida barqaror daromad oliş va qaşşoqlik darajasini pasaytirişda tarixan muvaffaqiyat qozongan. Hozirgi kunda Turkiya, Kuvayt, Malayziya, Indoneziya, Pokiston, Bangladeş, Singapur, ba’zi Afrika davlatlarida hamda arab davlatlarida vaqf institutlari tizimli işlab kelmoqda. Bu – vaqf mulkçiligi qonunçilik asoslarining yaratilgani va hukumat darajasida e’tibor qaratilişidan.
Vaqflar köçmas mulk (bino va inşootlar, ekin maydonlari) va köçar mulk (naqd pul, asbob-uskunalar, stanoklar) körinişida bölişi mumkin. Ulardan foydalanganda, mulkning asli yöqolmaydi, ammo foydasi sarflanadi.
Quyida naqd pul vaqfi va uning kambağallikni qisqartirişdagi örni böyiça qisqaça töxtalib ötamiz.
Naqd pul vaqfi yer va mulk turi kabi maşhur bölmasa-da, asta-sekin keng jamoatçilik e’tiborini qozonmoqda. Naqd pul vaqfining moslaşuvçanligi vaqfning potensial foydasini ularning geografik joylaşuvidan qat’i nazar, kambağallarga taqsimlaş imkonini beradi. Naqd pul vaqfi kambağallikni bartaraf etiş strategiyalarida qöllanişi mumkin bölgan istiqbolli samarali vositalardan biri sifatida belgilangan.
Qaşşoqlikni yumşatiş dasturlari katta miqdordagi mablağni talab qiladi, bunda hukumat yagona moliyalaştiriş manbayi böla olmaydi. Şu boisdan, bu yerda vaqf fonddagi öz rolini öynaşi mumkin.
Vaqf fondlari vasiylari mablağlarni vaqfdan (vaqf asosçisi) yiğib, pulni real sektorga yoki islomiy investitsiya fondlariga investitsiya qiladilar. Bu investitsiyadan olingan daromadlar keng jamoatçilikka foyda keltiradigan taşabbuslarni, jumladan, qaşşoqlikni bartaraf etiş dasturlarini moliyalaştiriş uçun işlatilişi mumkin. Yiğilgan naqd pul vaqf mablağlariga savdo maskanlari, bozorlar, mehmonxonalar barpo qiliş mumkin, bu esa böş iş örinlari va daromad manbalarini yaratadi.
Misol uçun, Malayziyadagi Hotel Grand Puteri, Hotel the Regency Seri, Hotel Pantai Puteri vaqf mehmonxonalari naqd vaqf mablağlari hisobiga qurilgan bölib, köplab iş örinlari yaratdi. Bundan taşqari, mehmonxonaning taşkil etilişi atrofdagi turizm industriyasining rivojlanişiga ham sabab böladi. Bu esa öz navbatida hunarmandçilik, zargarlik kabi daromad keltiruvçi faoliyat turlarining ham rivojlanişiga zamin yaratadi.
Bundan taşqari, naqd pul vaqfi pul oqimi bilan boğliq muammolarga duç kelgan ta’lim muassasalariga zaxira fondini yaratiş orqali yordam berişi mumkin. Naqd pul vaqfi ta’lim dargohlarining hukumatga qaramligini kamaytiriş bilan birga, moliyaviy mustaqillikka erişişni ta’minlaydi. Bu esa, oliy ta’lim muassalarini diqqat-eʼtiborini iqtidorli yoşlarni tanlab olib, ularni vaqf mablağlari (endowment) evaziga moddiy ta’minlab, jamiyat uçun foydasi tegadigan yetuk mutaxassislarni tayyorlab berişga qaratişga hamda öz mavqelarini kötarişga zamin yaratadi.
Ta’lim sohasida naqd vaqfdan foydalanişning yorqin namunasi Misrdagi Al-Azhar universitetidir (milodiy 975 yil taşkil etilgan). Al-Azhar universiteti naqd vaqf hisobidan qurilgan. Turkiyada 70 ga yaqin oliy ta’lim muassasalarining vaqf fondi moliyalaştirilişiga asoslangan. Singapurda naqd pul vaqfining noyob loyihasi amalga oşirilgan, unga köra iş haqidan vaqf uçun taşabbusi amalga oşirilib, taxminan 130 million Singapur dollari yiğişga muvaffaq bölindi. Natijada, Singapur böylab 22 ta masjid barpo etildi. Bangladeşda naqd pul vaqf fondidan foydalangan holda ijtimoiy investitsiya banki oçilgan. Bank qaşşoqlik holatida bölganlarga tadbirkorlik faoliyati orqali turmuş darajasini yaxşilaşga yordam beriş uçun mikromoliyalaş vositalarini taqdim etadi.
Qarzi hasana – zakot va sadaqa bilan bir qatorda, islomda daromad va boylikni boydan kambağalga taqsimlaş vositalaridan biri.
Qarzi hasana, “foizsiz xayrli qarz” sifatida ham tilga olinadi. Maqsadi – Allohning roziligini qozoniş bölgan kişi qarzi hasanani munosib nomzodga (muhtoj, ehtiyojmand kişiga) berişdan yuz ögirmasligi lozim. Qarzi hasanada, qarz beruvçi (kreditor) bu ixtiyoriy qarzdan heç qanday daromad kutmaydi va hatto qarzdorni öz xohişiga köra aniq muddat içida qaytarişni talab qilmaydi, ammo qarzdorda ma’naviy majburiyat böladi: imkon bölişi bilan uni qaytarişi kerak. Lekin u özining bor kuç-ğayrati va yaxşi niyatiga qaramay, iqtisodiy qiyinçiliklar tufayli uni tölay olmasa, kreditor qarzdan voz keçadi.
Kambağal odamlar qarzi hasana orqali moliyalaştirilsa, munosib va tejamkor tarzda daromad keltiruvçi iqtisodiy faoliyat bilan şuğullaniş imkoniyatiga ega böladilar. Bu amaliyot muhim ijtimoiy kapitalni yaratadi, çunki u jamiyatning barça qatlamlari örtasida işonç va hamjihatlikni kuçaytiradi. Şunday ekan, qarzi hasanani tarğib qiliş orqali köproq hamkorlik va ğamxör jamiyat quriş mumkin.
Kiçik biznes va startaplar qarzi hasana tomonidan qöllab-quvvatlanişi mumkin. Qarz oluvçilar qarzlarini kelişilgan muddatda bölib-bölib tölaşlari mumkin. Uşbu moliyalaştirişning foizsiz ekani, ularning yengil majburiyat yuki evaziga tezroq oyoqqa turişiga kömak beradi.
Buning amalga oşişi uçun uni institutsionalizatsiya qiliş juda muhimdir. Odamlar qarzi hasanaga asoslangan muassasadan öz saviyasi, malakasi va tajribasiga köra foizsiz kredit olib, samarali faoliyat bilan şuğullanişlari mumkin. Muassasa, qarz olgan insonlarga tadbirkorlik mahoratini örgatişi, iqtisodiy va moliyaviy savodxonligini oşirişi hamda ularga doimiy ravişda maslahat berib turişi maqsadga muvofiq böladi. Natijada, ular qaşşoqlikdan qutulib, jamiyatdagi iştiroklari faollaşadi.
Islomiy mikromoliyalaştiriş
Islom mikromoliyasi foizsiz kreditlar (qarzi hasana) konsepsiyasi hamda biznes (yoki iqtidor) va investorlar örtasida mablağlarni safarbar qiliş ğoyasiga asoslanadi. Islomiy mikromoliyalaştirişda vaqf va zakotdan moliyalaştiriş manbalari sifatida ham foydalaniş mumkin.
Islomiy mikromoliyalaştiriş ijara, savdo (murobaha va istisna) va şeriklik (muşoraka va mudoraba) islomiy şartnomalar asosida ham amalga oşirilişi mumkin. Xususan, mudoraba va muşoraka kapitalga asoslangan şartnomalar bölib, unda tomonlar kelişilgan nisbatga muvofiq foydani bölişadilar. Bunda kam mablağ egalari şeriklik orqali yoki mablaği bölmasa-da iqtidor egalari sifatida biznes boşqaruvçi bölib islom moliyasi afzalliklaridan bahramand bölişi mumkin. Murobahaga köra, mikromoliyaçilar aktivlar yoki asbob-uskunalarni sotib olib, söngra aktivni mikromoliyaviy qarz oluvçiga ustama qöşib sotadilar.
Mikromoliyalaştiriş jamiyatning quyi darajasigaça yetib boruvçi va ularga moliyaviy yordam körsatuvçi moliyaviy inklyuzivlik tizimining bir qismidir. Mamlakat iqtisodiyoti barqarorligini hamda inklyuziv moliya tizimini yaratişda islomiy banklar, takaful islom suğurtasi, sukuk qimmatli qoğozlari ham muhim örin tutadi. Islom moliyasining rivojlanişi an’anaviy moliya bozoriga soğlom raqobat muhiti yaratadi va unga salbiy ta’sir körsatmaydi.
Xulosa örnida şuni aytiş mumkinki, Özbekiston islom moliyasini rivojlanişi uçun yuqori potensialga ega bölib, hattoki Markaziy Osiyoda islom moliyasi habi bölişi ham mumkin. Islom moliyasini joriy qiliş orqali u keltiradigan manfaatlardan bahramand böliş, nafaqat musulmonlar uçun, balki millati va e’tiqodidan qat’i nazar barça millat va elatlar uçun foydali bölişini bugungi kun jahon tajribasidan köriş mumkin.
Iskandar Tursunov,
INCEIF – Islom moliyasi xalqaro universiteti magistranti,
islom moliyasi mutaxassisi
Kun.uz kolumnistlarni hamkorlikka çorlab qoladi. Dolzarb mavzulardagi mualliflik maqolalarini @Muhammadshakur Telegram-manziliga yuborişingiz mumkin.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi