Islom ijtimoiy moliyasi institutlaridan biri bölgan vaqfning jamiyat barqarorligini ta’minlaşda, boyliklarni adolatli taqsimlaşda muhim örni bor. Ammo uning qonunçilik asoslari yaratilmasa, boşqaruv samarasiz bölsa – rivojlanmaydi.

Vaqf asrlar davomida Islom olamida özining ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati bilan aholining turmuş darajasini yaxşilaş, yordamga muhtoj qatlamini himoya qiliş hamda zaruriy infratuzilmalarni yaratişda muhim örin egallab kelgan. Vaqf insonlar örtasida boyliklarni adolatli taqsimlaydigan, jamğarma va investitsiyalarning özaro hamkorlikdagi uyğunlaşgan harakatini inson manfaati uçun safarbar qiladigan adolatli mexanizmidir.

Vaqf – ijtimoiy moliya tizimi 

Şariatda vaqf bu – öz boyligining bir qismini naqd pul yoki naqd bölmagan (mulkiy vosita kabilar) holatda Alloh yölida ixtiyoriy, doimiylikka, qaytarib bölmaydigan qilib bağişlaşdir. Yana ta’kidlanadiki, u vaqf bölgandan keyin heç qaçon hadya qilinmaydi, meros qilib olinmaydi, sotilmaydi va vaqfning asosi buzilmagan holda qoladi. U Allohniki, undan keladigan manfaatlar (foydalar) insonlarning ijtimoiy-iqtisodiy hayotini yaxşilaş uçun safarbar qilinadi. Mulkini Alloh yölida vaqf (sadaqai joriya) qilgan inson bu dunyo va oxiratda uning savobidan, yaxşiligidan barhamand bölib turadi.

Iqtisodiy nuqtai nazardan vaqf – vaqf mulklaridan aholi ehtiyoji uçun foydalaniş va uni eng samarali, foydali halol investitsiyalarga yönaltirgan holda olinadigan daromadlarni aholi farovonligini ta’minlaşga işlatişdan iborat. Vaqf – jamiyatni ösiş va farovonlikka olib boradigan iqtisodiy kuçga ega bölgan ijtimoiy moliya tizimi hisoblanadi

“Endowment” – vaqfdan nusxa olingan ta’lim fondi

“Endowment” deb nomlanadigan Ğarbning fondlari vaqfdan andoza olgan bölib, uşbu fondlar ta’limni qöllab-quvvatlaş va dunyo böylab iqtidorlarni jalb qiliş böyiça işlaşadi va milliardlab mablağga ega.

AQŞdagi ba’zi universitetlarning “Endowment” (vaqf) fondlari tomonidan moliyalaştirilişi hajmi quyidagiça:

  • Harvard University (MA) – 53,200,000,000 dollar;
  • Yale University (CT) – 42,300,000,000 dollar;
  • Stanford University (CA) – 37,800,000,000 dollar;
  • Princeton University (NJ) – 37,000,000,000 dollar;