Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniya hukumati «Chelsi» klubi sotilishini ma’qulladi
Roman Abramovich «Chelsi»ni 2003 yilda 187 mln dollarga sotib olgandi.
May oyi boshlarida Abramovich klubni amerikalik milliarder Todd Boeli boshchiligidagi investorlar guruhiga sotishi ma’lum bo‘ldi. Kelishuv miqdori 4,25 mlrd funt sterlingni (5,3 mlrd dollar) tashkil etadi.
Buyuk Britaniya hukumati milliarder Roman Abramovichning «Chelsi» futbol klubi sotilishiga ruxsat beruvchi litsenziyani berdi. Bu haqda «Forbs» mamlakat raqamlashtirish, madaniyat va sport vaziri Nadin Dorrisga tayanib xabar qildi.
«Biz sotuvdan tushgan pullarni Roman Abramovich yoki sanksiyalarga tushgan boshqa shaxslar olmasligidan qoniqish hosil qildik», — dedi Dorris.
Avvalroq Angliya Premer-ligasi boshqaruvi klub sotilishiga rozilik bergandi.
Abramovich «Chelsi»ni 2003 yilda 187 mln dollarga sotib olgandi. U 2022 yil mart oyida klubni sotishga qaror qildi.
May oyi boshlarida Abramovich klubni amerikalik milliarder Todd Boeli boshchiligidagi investorlar guruhiga sotishi ma’lum bo‘ldi. Kelishuv summasi 4,25 mlrd funt sterlingni (5,3 mlrd dollar) tashkil etadi.
Mavzuga oid
20:11 / 30.06.2026
Britaniyada nam salfetkalarni sotish taqiqlandi
22:32 / 26.06.2026
Charlz III Britaniya monarxlari orasida birinchi bo‘lib soliqlarini e’lon qildi
18:22 / 26.06.2026
Morgan ko‘z uzish imkonsiz retro dizaynli avtomobilni taqdim qildi
21:12 / 25.06.2026