Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Rahbarlarning skeptik munosabati va injiqligi» – Mirodil Jalolov “Epsilon” kompaniyasida yuzaga kelgan qiyinchiliklar haqida
Gaz qazib olishga ixtisoslashgan “Epsilon” kompaniyasi rahbari Mirodil Jalolov Kun.uz’ga bergan intervyusida kompaniyaning ayni paytda tushib qolgan qiyin ahvoli, ishchilar va hamkorlar oldida yuzaga kelgan qarzdorlik va uning sabablari haqida gapirdi.
«Muammolarimiz 2020 yil 14 yanvardan boshlandi. Sohadagi ayrim o‘rta va katta rahbarlarning skeptik munosabati, injiqligi bizning ishlarni to‘xtatishga olib keldi.
Aslida, bunda bizning ham aybimiz bor. Mana hozir buni ta’kidlashim, aytishim kerak. Hozir ishlab chiqarish korxonalaridan, xomashyolarni yetkazib beruvchilardan, soliqning oldida qarzimiz bor. Bu qayerdan kelib chiqdi?
Ayni vaqtda kompaniyamizning taxminan 4,5 trln qarzdorligi bor. Bizga O‘zbekiston banklari 260 mln kredit berdi, shundan 150 mln.nini yopdik. Lekin foizlari qolgan, biz ularni o‘z vaqtida to‘lay olmadik. Bundan tashqari, ishlab chiqarib, mahsulotni bizga yetkazib bergan korxonalar bor, ulardan ham qarzimiz qolgan. Taxminan 4,5 trln atrofida.
Bu intervyu Kun.uz saytida e’lon qilinadi. Shundan foydalanib men, avvalo, ishchilarimizdan uzr so‘ramoqchiman. Ularni qiynab qo‘ydik. Kuchimizni to‘g‘ri taqsimlolmadik. Tun-u kun shu ishchilarni o‘ylaymiz.
Hozir ishchilarimizni bir savol qiynayapti: “Epsilon”ning kelajagi nima bo‘ladi? Ishdan bo‘shab ketamizmi? Qayerga boramiz?
Shuni aytishim kerakki, men bormanmi, yo‘qmanmi, bu kompaniya ishlaydi. Mendan yaxshiroq, pragmatik rahbar kelar. Ish hammaga topiladi.
Davlatning oldida bajara olmayotgan majburiyatlarimiz bor, buning uchun uzr so‘rayman. Yuqorida aytganimdek, o‘zimning ayrim kamchiliklarim va ayrim rahbarlarning injiqligi, skeptik munosabati korxonamizni shu ahvolga olib keldi.
Bu hayot. U kurashlardan iborat. Kurashlar har doim bo‘lgan va bo‘ladi. Buning hisobi, rejasini qilolmagan rahbar yaxshi rahbar emas», – dedi Mirodil Jalolov.
Intervyuni to‘liq holda quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.
Tavsiya etamiz
Orzu ortidagi dard: Koreyaga kelin bo‘lgan o‘zbek qizlari qismati
Ayollar dunyosi | 14:47 / 17.08.2025
Zangezur: O‘zbekiston uchun yangi strategik imkoniyatmi?
Jahon | 21:43 / 14.08.2025
“Asr savdosi”. Rossiya Alyaskani nega sotib yuborgandi?
Jahon | 19:31 / 13.08.2025
“3 kiloga yetgan”: Samarqandda 80 yoshli bemordagi yirik buqoq olib tashlandi
Jamiyat | 11:07 / 13.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
HAMAS isroillik asirlarning yarmini ozod qilishga rozi bo‘ldi
Jahon | 01:42
-
O‘zbekistonlik yosh muhandislar Ginnes rekordini yangilashdi – vazirlik
O‘zbekiston | 01:24
-
Shavkat Mirziyoyev “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga yondosh qurilgan zamonaviy mehmonxonalar majmuasi bilan tanishdi
O‘zbekiston | 00:53
-
Ukrainaning xavfsizlik kafolati uchun Yevropa to‘lashi kerak – AQShning NATOdagi vakili
Jahon | 00:40
Mavzuga oid

10:00 / 10.08.2025
Sea Breeze'ga ruxsat, chorasiz maktablar va yopiq budjet - hafta dayjesti

21:29 / 07.08.2025
Yarim yillik davlat budjeti: asosiy raqamlar

11:09 / 07.08.2025
Toshkentning ikki tumani hududlarida gaz vaqtinchalik o‘chiriladi

12:53 / 30.07.2025