Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Xitoyga 132,8 mln dollarlik gaz yetkazib berdi
Joriy yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston Xitoyga 132,8 million dollarlik tabiiy gaz eksport qildi. Bu haqda Neftegaz.ru Xitoy bojxona boshqarmasiga tayanib xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekistondan Xitoyga gaz yetkazib berish qiymati 2021 yilning shu davriga nisbatan ikki baravarga oshdi. O‘zbekiston Xitoyga quvur orqali gaz yetkazib beruvchi yetakchi beshta davlat qatoriga kirdi.
Turkmaniston 4 oy ichida 2,87 mlrd dollar daromad olib, birinchi o‘rinni saqlab qoldi. Keyingi o‘rinlardan Rossiya – 1,04 milliard dollar, Myanma – 408 million dollar va Qozog‘iston joy oldi – 270 million dollar.
Xitoy Avstraliyadan dengiz orqali yuborilgan 7,49 million tonna suyultirilgan gazni 5,38 milliard dollarga sotib oldi. Undan keyingi o‘rinlarda Qatar (3,57 milliard dollar), Malayziya (2,88 milliard dollar), Rossiya (1,32 milliard dollar) va Indoneziya (1,01 milliard dollarga) bormoqda.
Yanvar-aprel oylarida Xitoyga Rossiya neftining importi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 7,4 foizga qisqarib, 25,6 million tonnani tashkil etdi. Jismoniy hajmning qisqarganiga qaramay, Xitoy tomonidan Rossiyadan sotib olingan neft narxi 4 oy ichida 40 foizga oshib, 17,11 milliard dollarni tashkil etdi.
Mavzuga oid
08:26 / 09.07.2026
Jahon gaz bozorida qaysi davlatlar yetakchilik qilmoqda?
19:41 / 04.07.2026
Kommunal soha bilan bog‘liq murojaatlar soni keskin ortgan – Raqobat qo‘mitasi
18:41 / 23.06.2026
O‘zbekistonda 464 ta yonilg‘i quyish shoxobchasi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
16:36 / 29.05.2026