Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya va Xitoy BMT xavfsizlik kengashining KXDRga qarshi sanksiyalar bo‘yicha rezolyutsiyasini blokladi
AQSh BMT xavfsizlik kengashiga qit’alararo raketalarning qator sinovlaridan so‘ng KXDRga nisbatan sanksiyalarni kuchaytirish bo‘yicha rezolyutsiya qabul qilishni taklif etdi.
BMT xavfsizlik kengashining doimiy a’zolari Rossiya va Xitoy Shimoliy Koreyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish bo‘yicha rezolyutsiyani blokladi, deb xabar berdi AFP agentligi 26 may, payshanba kuni.
Rezolyutsiya AQSh tomonidan Shimoliy Koreyaning qit’alararo ballistik raketalarni sinovdan o‘tkazganiga javob sifatida taklif qilingan. Hujjat, jumladan, KXDRga neft importini qisqartirishni va Pxenyanga mineral yoqilg‘i va neft eksportini taqiqlashni nazarda tutgan.
Rezolyutsiya «Shimoliy Koreyaning noqonuniy ommaviy qirg‘in qurollari va ballistik raketa dasturlarini ilgari surish qobiliyatini yanada cheklashi, sanksiyalar qo‘llanilishini yengillashtirishi va muhtojlarga gumanitar yordam yetkazilishini yanada osonlashtirishi kerak», deya AQSh rasmiysining so‘zlaridan iqtibos keltirgan Reuters agentligi.
Rezolyutsiyani qabul qilish uchun kengashning doimiy a’zolari tomonidan to‘qqizta yoqlab ovoz berilishi va veto qo‘yilmasligi kerak. «Biz AQSh taklif qilgan rezolyutsiya qandaydir muammolarni hal qila olmaydi, deb o‘ylaymiz», dedi Xitoy diplomatik rasmiysi Reuters agentligiga. Pekinga ko‘ra, Vashington Pxenyan bilan munosabatlarda yutuqqa erishmoqchi bo‘lsa, «ko‘proq samimiylik va moslashuvchanlik» ko‘rsatishi kerak.
Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzyaning aytishicha, Vashington Moskvaning izohlarini inobatga olmadi. «Biz amerikalik hamkasblarimiz loyiha bo‘yicha maslahatlashuvlar chog‘ida berilgan takroriy tushuntirishlarimizga e’tibor qaratmaganidan afsusdamiz», — deya uning so‘zlarini keltiradi TASS.
KXDRga qarshi sanksiyalarni kengaytirish «nafaqat befoyda, balki bunday choralarning oqibatlari nuqtayi nazaridan o‘ta xavfli», o‘tmishdagi cheklovlar esa «birinchi navbatda oddiy shimoliy koreyaliklarning hayotiga ta’sir qildi», dedi Nebenzya.
Mavzuga oid
21:15 / 23.06.2026
Rossiya Ukraina bilan «2022 yildagi Istanbul kelishuvlari asosida» muzokaralar olib borishga tayyor - Putin
16:29 / 23.06.2026
Sverdlovsk oblastida quyun hodisasi kuzatildi – fotolar
10:30 / 23.06.2026
Jurnalistlar: Ukraina urushida kamida 227 ming rossiyalik harbiy halok bo‘lgan
08:55 / 23.06.2026