Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga 18 ming tonna parranda go‘shti olib kelindi
4 oyda O‘zbekistonga 18,1 ming tonna parranda go‘shti import qilingan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.
Foto: Getty Images
Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonga 15 ta davlatdan qiymati 17,4 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 18,1 ming tonna parranda go‘shti import qilingan.
Qayd etilishicha, parranda go‘shti importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,7 ming tonnaga oshgan.
2022 yilning dastlabki 4 oyida O‘zbekiston eng ko‘p parranda go‘shtini import qilgan davlatlar orasida Polsha yetakchilik qilmoqda – 5 ming tonna.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Turkiya – 3,2 ming tonna;
- Rossiya – 2,7 ming tonna;
- Belgiya – 2,2 ming tonna;
- AQSh – 1,5 ming tonna;
- Niderlandiya – 816 tonna;
- Litva – 607 tonna;
- Germaniya – 423 tonna.
Bundan oldin O‘zbekistonga parranda go‘shti asosan Polsha va Turkiyadan olib kelinayotgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
11:32
O‘zbekiston eksporti 35 yilda qariyb 19 barobarga oshdi
13:44 / 23.03.2026
2 oyda O‘zbekistonga kelgan turistlar soni qariyb 1,8 mlnga yetdi
08:22 / 23.03.2026
2000 yildan beri temiryo‘lda yo‘lovchi tashish qanday o‘zgardi?
15:21 / 21.03.2026