Milliy statistika qömitasi ma’lum qilişiça, 2025 yil yakuniga köra, Özbekistonda doimiy aholining örtaça umr köriş davomiyligi 75,4 yoşni taşkil etgan.
Statistik ma’lumotlarga köra, mustaqillikning dastlabki yillarida bu körsatkiç ança past bölgan. Xususan, 1991 yilda aholining örtaça umr köriş davomiyligi 66,4 yoşni taşkil etgan. Şu tariqa, sönggi 34 yil içida mazkur körsatkiç 9 yoşga oşgan.
Yillar kesimidagi dinamikaga nazar taşlansa, 1995 yilda örtaça umr köriş davomiyligi 69,1 yoş, 2000 yilda 70,8 yoş, 2005 yilda 71,8 yoş, 2010 yilda 73 yoş, 2015 yilda 73,6 yoşni taşkil etgan.
2020 yilda bu körsatkiç 73,4 yoşgaça biroz pasaygan bölsa-da, keyingi yillarda yana ösiş kuzatildi. Jumladan, 2024 yilda örtaça umr köriş davomiyligi 75,1 yoşga, 2025 yilda esa 75,4 yoşga yetgan.
Mutaxassislar bunday ösişga soğliqni saqlaş tizimidagi islohotlar, tibbiy xizmatlar qamrovining kengayişi, profilaktika çoralarining kuçaytirilişi hamda aholining turmuş sifati yaxşilanib borayotgani kabi omillar ta’sir körsatganini qayd etadi.













