Iqtisodiyot | 10:10
810
2 daqiqa o‘qiladi

Import hajmi qariyb 27 foizga oshdi

2026 yilning yanvar–aprel oylarida O‘zbekistonning import hajmi 16,4 milliard AQSh dollarini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 26,7 foizga oshdi.

Foto: Sputnik

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, yilning dastlabki to‘rt oyi davomida O‘zbekiston dunyoning 150 dan ortiq davlatidan tovar va xizmatlar import qilgan.

Import hajmi bo‘yicha Xitoy mamlakatning asosiy savdo hamkori bo‘lib qolmoqda. Hisobot davrida Xitoydan import qilingan tovar va xizmatlar qiymati 5,3 milliard dollarni tashkil etgan.

Ikkinchi o‘rinda 3,1 milliard dollar bilan Rossiya qayd etilgan bo‘lsa, Qozog‘iston 1,4 milliard dollarlik ko‘rsatkich bilan uchlikdan joy olgan.

Shuningdek, Koreya Respublikasidan 620,9 million dollar, Turkiyadan 559,2 million dollar, Hindistondan 369,7 million dollarlik mahsulot va xizmatlar import qilingan.

Top-10 import hamkorlar qatoriga Birlashgan Arab Amirliklari (361,1 mln dollar), Germaniya (359,2 mln dollar), Belarus (274,8 mln dollar) va Turkmaniston (262,2 mln dollar) ham kirgan.

Mutaxassislar fikricha, import hajmining o‘sishi mamlakat iqtisodiyotida investitsiya va ishlab chiqarish faolligining oshishi, shuningdek ichki bozorda talab yuqori bo‘lib qolayotgani bilan izohlanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid