Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Onkolog Jamila Po‘latova: “Jarohatli operatsiyalar o‘tmishda qolmoqda”
Poytaxtimizda “Ko‘krak bezining onkoplastik jarrohligi” mavzusida uch kunlik mahorat darsi bo‘lib o‘tdi. Misrning to‘rtta yirik onkologik markazlari rahbarlari va yetakchi mutaxassislari o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar va bir qator organlarni saqlab qolish bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirdilar.

Ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarda ko‘krak bezi saratoni ayollarda eng keng tarqalgan saraton bo‘lib qolmoqda. Bu bir qator obektiv va sub’yektiv omillar, jumladan, nosog‘lom turmush tarzi, ayollarning reproduktiv xulq-atvori va atrof-muhitning buzilishi bilan bog‘liq. Biroq zamonaviy ilm-fanning rivojlanishi bilan bu tashxis endi muqarrar hukmga o‘xshamaydi.
O‘zbekiston va Misrda kasallikni davolashga yondashuvlar har xil. Ko‘krak bezi saratoniga qarshi kurash bo‘yicha bilimlarni chuqurlashtirish va amaliyotni kengaytirish uchun ikki maktab vakillari o‘rtasida tajriba almashish juda foydali. Misrlik mutaxassis Ayman Ali Abu Shmeylaning aytishicha, Jamila Po‘latova nomidagi onkologiya maktabi faoliyati tufayli bunday hamkorlik bir yildan ortiq davom etmoqda.
“Bizning ishimiz pandemiya davrida boshlangan. Biz onlayn tarzda bir qancha uchrashuvlar o‘tkazdik, endi hamkasblarimiz bilan O‘zbekistonga uchib keldik. Bu biz uchun ham, talabalar va tibbiyot xodimlari uchun ham turli ish tajribasiga ega bo‘lgan insonlardan yangi bilim olish uchun ajoyib imkoniyatdir”, — dedi misrlik onkolog.
Ayman Ali Abu Shmeylaning ishonchi komilki, bunday uchrashuvlar davomida yosh mutaxassislar o‘z ko‘zlari bilan professional onkologlar ishining namunasini ko‘rib, jarayonga chuqurroq kirib borish imkoniyatiga ega bo‘ladilar:
“Bu tajriba muhim va men Saraton maktabi tufayli bunga imkoniyat paydo bo‘lganidan xursandman. Jamila Po‘latova o‘z sohasining haqiqiy professionali, shuningdek, juda mehribon va e’tiborli inson. Biz Toshkentga tashrif buyurganimizdan xursandmiz va Misrda o‘zbekistonlik hamkasblarimizni kutib qolamiz”, — deya xulosa qildi u.
Jamila Po‘latovaning so‘ziga ko‘ra, o‘tgan tadbir bemorlarning hayot sifatini yaxshilash uchun zarur. Bundan tashqari, onkoplastika nafaqat sut bezlari, balki mushak-skelet tizimining o‘smalarini davolash yo‘nalishida rivojlanmoqda.
Ⓣ
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda 670 mingdan ortiq xonadonga aqlli suv hisoblagichlar bepul o‘rnatiladi
Iqtisodiyot | 17:48
-
3,7 mln so‘mdan 16,2 mln so‘mgacha – O‘zbekistondagi o‘rtacha oyliklar e’lon qilindi
Iqtisodiyot | 17:37
-
Zomindagi sirli o‘lim tafsilotlari
Jamiyat | 17:26
-
Saratovdagi ko‘p qavatli uyda gaz portladi. Qurbonlar bor
Jahon | 16:19
Mavzuga oid

15:30 / 22.05.2025
Bolalar saratoniga qarshi kurashish bo‘yicha milliy strategiya amalga oshiriladi

10:41 / 16.01.2025
Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markaziga bosh shifokor tayinlandi

11:00 / 15.10.2024
O‘zbekiston va Vengriya saraton kasalligini davolash sohasida hamkorlik qiladi

20:54 / 05.06.2024