O‘zbekiston | 19:42 / 30.05.2022
15855
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqand-Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan “Afrosiyob” poyezdi nosozlik tufayli yo‘lda to‘xtab qoldi

“Afrosiyob” tezyurar poyezdi bortdagi nosozlik sababli Jizzax viloyati hududida qariyb bir soat to‘xtab qolgan.

Foto: Wikipedia

“O‘zbekiston temir yo‘llar” AJ axborot-tahliliy media markazining xabar berishicha, bugun, 2022 yil 30 may kuni, soat 17:40 da Samarqand—Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan “Afrosiyob” tezyurar poyezdi Jizzax—Zarbdor peregonida to‘xtab qolgan.

Qayd etilishicha, ushbu holatga bort tizimidagi nosozlik sabab bo‘lgan. Soat 18:30 da kamchiliklar bartaraf etilgach, yo‘lovchi poyezdi o‘z harakatini davom ettirgan.

«Yo‘lovchilardan uzr so‘rab, to‘g‘ri tushunishlarini so‘rab qolamiz», deyiladi xabarda.

Avvalroq, turli nosozliklar tufayli bir necha bor Toshkent metrosida poyezdlar to‘xtab qolgandi.

Mavzuga oid