Poyezdning to‘xtab qolish sabablari ma’lum emas. Taxminan yarim soatlardan keyin boshqa poyezd kelib yo‘lovchilarni olib ketgan.

Hozircha Toshkent metropoliteni holatga munosabat bildirmadi.

Bu – metro to‘xtab qolishi bilan bog‘liq 2022 yil fevral oyidagi kamida uchinchi hodisa. Avvalroq, 6 fevral kuni Mustaqillik maydoni bekatida harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida metro harakat tarkibining texnik moslamalari tekshirilgunga qadar to‘xtab turgan edi.

Shuningdek, 5 fevral oqshomida ham Toshkent metrosi poyezdi “Xalqlar do‘stligi” va “Milliy bog‘” bekatlari oralig‘ida to‘xtab qolgandi.