Konstitutsiyaviy sud o‘tgan yili qabul qilingan qonundagi normani Konstitutsiyaga zid deb topdi
Fuqarolik kodeksiga asosan, fuqaroning mulk huquqi bu huquqni bekor qiluvchi qonunchilikka asosan bekor qilinishi mumkin. Bu modda kodeksga bir yil oldin qo‘shilgan va ko‘p o‘tmay amaliyotda muammo keltirib chiqargan. Konstitutsiyaviy sud fuqaro arziga binoan ushbu qonun moddasini Konstitutsiyaga zid deb topdi. Bu – O‘zbekiston Konstitutsiyaviy sudi uchun noodatiy holat.

Foto: O‘zbekiston Konstitutsiyaviy sudi
Bugun, 31 may kuni O‘zbekiston Konstitutsiyaviy sudining majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda mahkama rasmiy saytida xabar berildi.
Unda Konstitutsiyaviy sud raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov va olti nafar sudya ishtirok etdi.
Sudda fuqaro M.Hasanovaning shikoyati ko‘rib chiqildi. Uning da’vosicha, Fuqarolik kodeksining 197- va 206-moddalari hamda Uy-joy kodeksining 11- va 27-moddalari normalari O‘zbekiston Konstitutsiyasiga zid.
Shikoyatchi bu moddalar sudda ko‘rilishi tugallangan muayyan ishda qo‘llanilgan va sudda himoya qilishning barcha boshqa vositalaridan foydalanib bo‘lingan deb hisoblab, ularning Konstitutsiyaga muvofiqligini tekshirish to‘g‘risida shikoyat bergan. Ma’lumot uchun, mazkur talablar bajarilmagan holatlarda Konstitutsiyaviy sud shikoyatlarni ko‘rib chiqmaydi.

Sudda da’vogar M.Hasanova va uning advokati F.Akromov, Senat, Qonunchilik palatasi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Ombudsman, Biznes-ombudsman, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz vakillari ishtirok etdi.

Konstitutsiyaviy sudning qarori bilan, 2021 yil 21 aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonunning 55-moddasi 12-bandidagi Fuqarolik kodeksining 83-, 166-, 198-, 199- va 206-moddalariga tegishli qismi hamda Fuqarolik kodeksi 197-moddasining mulk huquqi “... mulk huquqini bekor qiluvchi qonunchilikka asosan bekor bo‘ladi” degan qismi Konstitutsiyaga muvofiq emas deb topildi.
Bu – biror qonunni bosh qomusga zid deb topish bo‘yicha O‘zbekiston Konstitutsiyaviy sudining ehtimolki bir necha yillar ichidagi ilk qarori bo‘ldi.
- Konstitutsiyaning 53-moddasiga binoan: “Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin”.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Urganch aeroportini modernizatsiya qilish va boshqarish bo‘yicha o‘tkazilgan tender g‘olibi aniqlandi
O‘zbekiston | 13:26
-
NYT: AQSh Suriyadan 600 nafar harbiy xizmatchisini olib chiqib ketyapti
Jahon | 13:25
-
Tadbirkorlar tomonidan moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyati kengaytiriladi
Iqtisodiyot | 12:35
-
Tanzila Norboyeva MDH Parlamentlararo assambleyasi kengashi majlisida qatnashdi
O‘zbekiston | 12:33
Mavzuga oid

08:54 / 17.04.2025
Yil boshidan beri eng ko‘p qanday ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgani aytildi

13:30 / 16.04.2025
Moskva sudi «jurnalistlar ishi» bo‘yicha hukm chiqardi

18:15 / 28.03.2025
Sud futbolchi Dani Alvesning 4,5 yillik qamoq hukmini bekor qildi

11:52 / 22.03.2025