Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qarshida xavfsizlik kamarini taqmaganlik uchun belgilangan jarimadan norozi bo‘lib yo‘lni to‘sgan haydovchilar jazolandi
Haydovchilarning 3 nafari 10 sutkaga qamalgan, 12 nafari ogohlantirilgan.
2022 yil 26 may kuni soat 14:00 larda Qarshi shahridagi Islom Karimov ko‘chasida taksi haydovchilari xavfsizlik kamarini taqmaganlik uchun belgilangan jarimadan norozi bo‘lib yo‘lni to‘sgandi.
O‘shanda holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilgani va jamoat tartibini buzgan haydovchilarni aniqlash choralari ko‘rilgani xabar qilingandi.
IIV matbuot kotibi Shohruh G‘iyosovning ma’lum qilishicha, Ichki ishlar organlari tomonidan holat o‘rganilganda, Qarshidagi ko‘chani to‘sib qo‘yganlar xususiy korxonada ro‘yxatdan o‘tib, yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanayotgan 3 nafar haydovchi ekani ma’lum bo‘lgan.
Mazkur holat bo‘yicha ma’muriy ish hujjatlari JIB Qarshi shahar sudiga yuborilgan. Sudning qarori bilan huquqbuzarlarning har biriga nisbatan MJtKning 201-moddasi 1-qismi (jamoat tartibini buzish) bilan 10 sutkadan qamoq jazosi tayinlangan.
Bundan tashqari, yo‘lni to‘sib qo‘yishda qatnashib, jamoat tartibini buzgan 12 nafar haydovchi ogohlantirilgan.
Mavzuga oid
09:48 / 11.03.2026
Rulda kamar taqmagan Sardor Mamadaliyev jarimaga tortildi
08:30 / 05.03.2026
Dehqon bozorlarida savdo nuqtalarini noqonuniy sotish holatlari fosh etildi
17:57 / 14.01.2026
Xavfsizlik kamarini taqmaslikka ruxsat beriladigan kasalliklar ro‘yxati tasdiqlandi
18:55 / 04.11.2025