Jamiyat | 14:19 / 03.06.2022
14319
2 daqiqa o‘qiladi

“Bolam masjid qurmoqchi edi” – xasta yigit orzusi

Farg‘onalik 24 yoshli Mashrabjon Abduvaliyev buyrak yetishmovchiligi xastaligiga chalingan. Unga buyrak ko‘chirish operatsiyasi zarur. Bir nechta operatsiyani boshdan o‘tkazgan bemorning ahvoli kun sayin og‘irlashmoqda.

Mashrabjon Abduvaliyevda buyrak yetishmovchiligi xastaligi aniqlangan. To‘rt o‘g‘ilni tarbiyalayotgan farg‘onalik oila bu kasallikdan qutulish uchun hamma narsasini sotishga majbur bo‘lgan. Orada bir nechta operatsiyalarni boshdan o‘tkazgan 24 yoshli bemorning ahvoli esa kun sayin og‘irlashmoqda. Onasi Malika Abduraimovaning aytishicha, o‘g‘liga buyrak ko‘chirish operatsiyasi tavsiya qilingan. Uning hayotini saqlab qolishda bu muolaja zarurligi sabab otasi o‘z buyragini farzandiga berishga tayyor. Ammo bu murakkab operatsiya uchun ketadigan mablag‘ yo‘qligi oila a’zolarini tashvishga solmoqda.

“Onani yaratmasin ekan. Bolamni bu ahvolda ko‘rish qiyin bo‘lyapti. O‘g‘lim hammaga yordam berishni istaydigan bola edi. Sog‘ayib ketsa, odamlarga masjid qurib berishni niyat qilgan. Kun sayin salomatligi yomonlashayotganini ko‘rish azob bo‘lyapti. Bolamning dardi arishi uchun jonimniyam berardim”, – deya yig‘laydi farzandi uchun kuygan onaizor.

Bu ota-onaning hozirgi holatini farzand o‘stirayotgan har bir oila yaxshi his qiladi. Bir farzandni voyaga yetkazganda, uning kelajagi bilan bog‘liq ezgu niyatlar og‘ir kasallik soyasida qolib ketishini o‘ylashning o‘ziyoq qo‘rqinch uyg‘otadi. O‘ylaymizki, ularga yelkadosh bo‘lishni istaganlar oramizda ko‘plab topiladi.

Mashrabjon Abduvaliyevga oid ma’lumotlar:

Universalbank: 6262 8300 4317 2204 Mashrabjon Abduvaliyev nomida

Viza: 4073 4200 8733 1736 Mashrabjon Abduvaliyev nomida

Mavzuga oid