Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istonda qasddan odam o‘ldirish jinoyati 100 foizga ortib ketgan tumanlar ma’lum qilindi
Qoraqalpog‘iston ichki ishlar vaziri Jo‘qarg‘i Kenges sessiyasida 2021 yilda Qoraqalpog‘istondagi jinoyatchilik holati haqida ma’lumot berdi. Vazir Amanbay O‘rinbayevning ta’kidlashicha, 2021 yilda Qoraqalpog‘istonda sodir qilingan 3 mingdan ziyod jinoyatlarning 40 foizini oldini olish mumkin bo‘lgan.
Qasddan odam o‘ldirishning 54 foizi, tan jarohati yetkazishning 5,9 foizi o‘zaro janjallar, oiladagi kelishmovchiliklar sabab yuz bergan.
Oilalarda qasddan odam o‘ldirish jinoyati Nukus shahrida 45 foizga; Taxiatosh, Qo‘ng‘irot va Ellikqal’a tumanlarida 100 foizga o‘sib ketgan. Tan jarohatlarini yetkazish jinoyatlari soni Nukus shahrida 80 foizga, Amudaryo tumanida 53 foizga va To‘rtko‘l tumanida 45 foizga ortgan.
Qoraqalpog‘iston IIV Amanbay O‘rinbayevga ko‘ra, 2021 yilda eng ko‘p tan jarohatlarini yetkazish jinoyatlari To‘rtko‘l, Amudaryo va Beruniy tumanlarida; eng ko‘p o‘g‘irlik jinoyatlari esa Xo‘jayli va Qo‘ng‘irot tumanlarida sodir qilingan.
Mavzuga oid
10:44 / 04.11.2025
O‘zbekistonda yoshlarga nisbatan narkotik jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytiriladi
16:17 / 26.10.2025
Fransiyada Luvrni tunashda gumonlanuvchilar qo‘lga olindi
14:13 / 26.10.2025
5,2 mlrd so‘m qiymatdagi valutalar Tojikistonga olib o‘tilishiga chek qo‘yildi
11:34 / 25.10.2025