O‘zbekiston | 12:37 / 04.06.2022
14256
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent metrosida yana nosozlik kuzatildi

Poyezd elektr ta’minotidagi qisqa nosozlik sabab «Olmazor» bekatida to‘xtab qoldi. Nosozlik bir soatda bartaraf etildi, ungacha «Chilonzor» yo‘nalishidagi qatnovlar izdan chiqdi: poyezdlar faqat bir tomonlama harakatlandi.

"Olmazor" bekati / Foto: Toshkent metropoliteni

Toshkent metrosining «Chilonzor» yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan poyezd soat 10:50 lar atrofida «Olmazor» bekatida to‘xtab qolgan, yo‘lovchilar bekatdan chiqarilgan. Metropoliten izohiga ko‘ra, bunga elektr ta’minotidagi qisqa nosozlik sabab bo‘lgan.

«Shu sabab «Chilonzor» yo‘nalishining qolgan bekatlarida ham poyezdlar harakati belgilangan reja jadvalidan o‘zgargan holda bir tomonlama va kichik halqa jadvali asosida harakatlandi», deyiladi rasmiy ma’lumotda.

Qayd etilishicha, nosozlik soat 11:58da nosozlik bartaraf etilgan. Ayni paytda poyezdlar doimiy jadval asosida harakatlanmoqda.

O‘tgan oy Toshkent metrosida harakatlanayotgan poyezd vagonida chiroq o‘chib qolgandi.

Mavzuga oid