O‘zbekiston | 21:30 / 09.06.2022
9436
1 daqiqa o‘qiladi

10 iyunda Konstitutsiyaviy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi

Foto: Kun.uz

Ertaga, 10 iyun kuni O‘zbekiston Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan takliflarni shakllantirish va tashkiliy chora-tadbirlarni oshirish bo‘yicha komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkaziladi.

Xabar qilinishicha, bu yig‘ilishda hafta davomida komissiya tomonidan qilingan ishlar va fuqarolardan kelib tushgan takliflar muhokama qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev bosh qomusga o‘zgartirishlar kiritish jarayonini uning qabul qilinganiga 30 yil to‘ladigan 2022 yil dekabr oyida yakunlashni taklif qilgan.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid