6 dekabr kuni Konstitutsiyaviy sudning navbatdagi majlisida Özbekistondagi konstitutsiyaviy qonuniylikning holati töğrisidagi axborot körib çiqildi va qabul qilindi.
Konstitutsiyaviy sud qonunçilikni Konstitutsiyaga muvofiqlaştiriş böyiça boşlangan işlarni yanada jadallaştirişga çaqirdi. Unga köra:
- şaxsning yozişmalar, telefon orqali sözlaşuvlar, poçta, elektron va boşqa xabarlarini sir saqlaşga bölgan huquqini çeklaşni, uy-joyda tintuv ötkazişni faqat sud qaroriga asosan amalga oşirişga oid konstitutsiyaviy qoidalar asosida Jinoyat-protsessual kodeksi tegişli normalarni qisqa muddatlarda qayta körib çiqiş,
- şaxsning sukut saqlaşga oid konstitutsiyaviy huquqlarini jinoyat protsessida va ma’muriy huquqbuzarliklar böyiça iş yuritiş jarayonida tölaqonli ta’minlaş maqsadida uşbu institutni jinoyat-protsessual, ma’muriy javobgarlik töğrisidagi qonunçilikda batafsil aks ettiriş lozim.

Özbekiston Konstitutsiyasining 31-moddasiga köra, har kim yozişmalari, telefon orqali sözlaşuvlar va boşqa xabarlari sir saqlanişi huquqiga ega. Uşbu huquqning çeklanişiga faqat qonunga muvofiq va sudning qaroriga asosan yöl qöyiladi. Bundan taşqari, uşbu normaning özida uy-joyda tintuv ötkazişga “faqat qonunga muvofiq va sudning qaroriga asosan” yöl qöyilişi yozilgan.
Şu bilan birga, amaldagi Jinoyat protsessual kodeksining 382-moddasiga köra, tintuv ötkazişga, telefonlar va boşqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan sözlaşuvlarni eşitib turişga ruxsat beriş prokurorning vakolatlariga kiradi. Konstitutsiyaviy sud ayni şu vakolatlarni tezroq sudlarga ötkazişga çaqirmoqda.
Quruvçi taşkilotlar faoliyati ustidan nazoratni kuçaytiriş zarur — Konstitutsiyaviy sud












