AOKAda ötkazilgan brifingda Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti boşliği Dilşod Rahimov aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlaş borasidagi işlar haqida ma’lumot berdi.

Qayd etilişiça, mahsulotlar arzon va taklif yuqori bölgan hududdan narx oşgan hududlarga intervensiya qiliş, ya’ni mahsulot miqdorini oşiriş çoralari körilmoqda.

Surxondaryo viloyatidan respublika hududlariga qariyb 6 ming tonna ertaki kartoşka va 28 ming tonna yangi piyoz içki işlar organlari xodimlari bilan hamkorlikda bozorlarga yetkazib berilişi ta’minlandi.

Hozirgi vaqtda Samarqand va Toşkent viloyatlarida ertaki kartoşka yalpi hosilga kirgan bölib, joriy oy 475 ming tonna hosil içki bozorga kirib kelişi kutilmoqda. 

Hozirgi kunda şakar va ösimlik yoği narxi ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama etilmoqda. Uşbu yönalişda bozor mexanizmlari joriy etilgan bölib, tovar-xomaşyo birjasi orqali savdoga çiqarilişi jarayonida yuzaga kelişi mumkin bölgan muammolarni bartaraf etiş borasida Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi bilan hamkorlikda tezkor çoralar körilmoqda.

Masalan, muqaddam şakar birja savdolariga 1-2 ming tonna çiqarilgan bölsa, hozirgi kunda aholi ehtiyojini hisobga olgan holda 3 ming tonnagaça oşirilgani aytiladi. Un va paxta yoğini savdoga çiqariş hajmlari köpaytirilgan, narxlarni sun’iy oşirgan holda bitimlar tuziş holatlari böyiça iqtisodiy jarimalar miqdori oşirilgan.

Ayrim oziq-ovqat tovarlari import hisobidan qondirilişini inobatga olgan holda, yirik importyorlar tomonidan mahsulotlar mamlakatga keltirilişi qat’iy nazoratga olingan.

Bu borada imtiyozli foiz stavkalari bilan taqdim etilgan kreditlar asosida kartoşka, ösimlik yoği, un va şakar xomaşyosi sotib olinişi hamda mamlakatga olib kirilişi ustidan qat’iy nazorat örnatilgan. Ajratilgan kreditlar hisobiga jami 60 ming tonna kartoşka, 3 ming tonna göşt, 1,7 ming tonna ösimlik yoği, ming tonna un, 12,7 ming tonna şakar keltirildi. Uşbu mahsulotlar “birinçi qöl” tamoyili asosida örtakaşlarsiz dehqon bozorlarida sotilayotgani bildirilgan.

Ta’kidlanişiça, narxlarni manipulyatsiya qiliş, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlaş tizimiga putur yetkazuvçi jinoyatlarga qarşi kuraşiş olib borilib, ötgan davrda uşbu yönalişda aybdor şaxslarga nisbatan 187 ta jinoyat işi qözğatilgan.