Ipotekani qayta moliyalaştiriş kompaniyasi 2025 yilning ikkinçi çoragi yakunlari böyiça moliyaviy hisobotini e’lon qildi.
Birlamçi uy-joy bozorida ayrim hududlarda narxlar oşgan bölsa, ayrim hududlarda sezilarli pasayiş kuzatilgan. Xususan, Toşkent şahri (-8,2 foiz) va Toşkent viloyatida (-5,7 foiz) narxlar arzonlaşişi davom etgan. Poytaxtda birinçi çorakda ham 6,5 foizlik pasayiş qayd etilgandi.

Hisobot davrida eng yuqori narx ösişi Jizzax (+8,6 foiz), Xorazm (+5 foiz) va Surxondaryoda (+3,2 foiz) kuzatilgan.
Toşkent şahri va viloyatida kuzatilgan narxlarning qisman pasayişini 2020-2023 yillarda qayd etilgan yuqori ösiş sur’atlarining tabiiy tuzatilişi sifatida izohlangan. Şu bilan birga, ayrim hududlarda uy-joy narxining ösişi davom etyapti. Bunday ösiş respublikaning yirik markazlariga qaraganda uy-joy narxlari past bölgan hududlarda, xususan, Qoraqalpoğiston Respublikasi, Jizzax, Sirdaryo, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida kuzatilgan.
«Özbekiston uy-joy bozoridagi e’lonlar odatda AQŞ dollarida joylaştiriladi. Joriy yilning II çoragi yakuniga köra, milliy valuta AQŞ dollariga nisbatan I çorak yakuni bilan soliştirganda, 1,7 foizga mustahkamlandi. Bu jarayon, öz navbatida, uy-joy narxlarining milliy valutada biroz arzonlaşişiga ham öz ta’sirini körsatgan», deyiladi hisobotda.
Toşkent şahri kesimida olinganda yil boşidan beri barça tumanlarda narxlarning arzonlaşişi kuzatilgan. Eng katta pasayiş Sergeli (1-çorakda – 10,5 foiz, ikkinçi çorakda – 4,5 foiz) tumanida qayd etilgan bölsa, Şayxontohur tumanida narxlarning nisbatan barqarorligi saqlanib qolgan.

Uylarning örtaça qiymati jihatdan eng arzon tuman Bektemir (10,72 mln söm/m²), eng qimmat tumanlar Mirobod (17,16 mln söm/m²), Yakkasaroy (15,68 mln söm/m²) va Şayxontohur (16,24 mln söm/m²) bölib qolyapti.
Ikkilamçi uy-joy bozori
Ikkilamçi uy-joy bozorida ham ayrim hududlarda narxlarning oşişi, ayrim hududlarda esa tuşişi kuzatilyapti. Bu borada eng katta narx ösişi Qoraqalpoğiston (+9,6 foiz), Xorazm (4,2 foiz), Sirdaryo (3,7 foiz) va Surxondaryo (2,9 foiz) viloyatlarida, eng katta pasayiş esa Toşkent viloyati va Toşkent şahrida qayd etilgan.















