Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda ko‘p qavatli uyda sodir bo‘lgan yong‘inda ikki kishi qutqarib qolindi
Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi uylardan birida sodir bo‘lgan yong‘inda ikki inson hayoti saqlab qolindi.
Bugun, 10 iyun kuni soat 15:20 larda Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani, Lashkar ko‘chasida joylashgan ko‘p kvartirali uy xonadonlarining birida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida shahar FVBga xabar kelib tushgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 15:26 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 15:30 da qurshab olingan va soat 15:39 da o‘chirilgan.
Yong‘in natijasida ko‘p kvartirali uy yuqori qavati yo‘lagida uy jihozlari yonib zararlangan. Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida ikki nafar fuqaroning hayoti saqlab qolingan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘in kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Mavzuga oid
10:04 / 03.06.2026
Toshkentdagi barcha qurilish obektlari uchun yangi talablar joriy etiladi
08:39 / 03.06.2026
Toshkentdan Issiqko‘lga mavsumiy avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
08:20 / 03.06.2026
DXX tezkor tadbiri: Trackerʼdan 8,9 kg gashish topildi
14:57 / 02.06.2026