Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat xizmati mansabdori ustidan sudga berilgan ariza bo‘yicha undiriladigan boj kamayadi
“Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.
Qonun loyihasi bilan “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunga qator o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Xususan, qonun 5-, 8-, 9-, 18-, 19-moddalari va uning ilovasi bilan tasdiqlangan davlat boji stavkalari miqdorlari bandlaridagi «nazorat» degan so‘zlar chiqarib tashlanmoqda.
Davlat xizmatlarini ko‘rsatishga vakolatli bo‘lgan idoralar mansabdor shaxslari harakatlari (harakatsizligi) ustidan berilgan arizalar (shikoyatlar) bo‘yicha fuqarolardan undiriladigan davlat boji stavkalari miqdori kamaytirilmoqda.
Bildirilishicha, taklif etilayotgan o‘zgartishlar va qo‘shimchalar tufayli davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida jismoniy va yuridik shaxslar buzilgan huquq va manfaatlari sudlar orqali himoya qilinishi kengaytiriladi, ular odil sudlovga erishish darajasi oshiriladi.
Mavzuga oid
19:51 / 30.06.2026
“Farhod” avtoehtiyot qismlar bozoridagi jinoiy guruh a’zolariga hukm o‘qildi
11:56 / 30.06.2026
Doniyor Turg‘unov ustidan sud boshlandi: avtomobilni olib qochish moddasi ayblovdan chiqarilgan
18:40 / 23.06.2026
Falajlikda o‘tgan 4 yil yoxud Islomov rahbarligi davrida sud tizimi
09:00 / 16.06.2026