Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Diniy ta’lim muassasalari uchun qabul sanasi va talab etiladigan hujjatlar ro‘yxati e’lon qilindi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi o‘z tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalariga 2022/2023 o‘quv yili uchun qabul sanasi va talab etiladigan hujjatlar ro‘yxatini e’lon qildi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yildagi o‘quv mavsumida abituriyentlarning hujjatlari oflayn shaklda ta’lim muassasasi qabul hay’ati tomonidan qabul qilinadi.
Xususan, o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalarida — 2022 yil 20 iyundan 10 iyulgacha (shu kuni ham soat 18:00 gacha) hujjatlar qabul qilinadi. Abituriyentlardan talab qilinadigan hujjatlar:
- ta’lim muassasasi rahbari nomiga ariza;
- pasport yoki ID karta nusxasi (asli ko‘rsatiladi);
- ma’lumoti to‘g‘risida attestat yoki diplom (asl nusxasi);
- 3,5 x 4,5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat (oxirgi uch oyda olingan va orqa foni oq rangda bo‘lishi kerak);
- chet tili bilishi to‘g‘risidagi sertifikat (ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjatda ko‘rsatilgan chet tilidan boshqa xorijiy til bo‘yicha test topshiruvchilar uchun) asl nusxasi.
Oliy diniy ta’lim muassasalari – Toshkent islom instituti va Mir Arab oliy madrasasida hujjatlar 2022 yil 20 iyundan 20 iyulgacha (shu kuni ham soat 18:00 gacha) qabul qilinadi. Ushbu ta’lim muassasalariga qanday hujjatlar topshirilishi haqida ma’lumot berilmagan.
Hadis ilmi maktabida 2022 yil 20 iyundan 10 iyulgacha (shu kuni ham soat 18:00 gacha). Talab qilinadigan hujjatlar:
- ta’lim muassasasi rektori nomiga ariza;
- pasport yoki ID karta nusxasi (asli ko‘rsatiladi);
- o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasini tamomlagani to‘g‘risidagi hujjat (diplom) asl nusxasi;
- 3,5 x 4,5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat (so‘nggi uch oyda olingan hamda orqa foni oq rangda bo‘lishi talab etiladi);
- «Yagona olimpiada» tanlovi diplomi (tanlovda 1-, 2- va 3-o‘rinni egallagan ishtirokchilar uchun).
Mavzuga oid
16:12 / 09.01.2026
Imom-xatiblar orasida oliy ma’lumotlilar ulushi 80 foizga yetkaziladi
20:36 / 21.08.2025
Oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalari mandat natijalari e’lon qilindi
18:53 / 14.08.2025
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xorijda diniy ta’lim olishga da’vat etuvchi reklamalarga munosabat bildirdi
19:31 / 21.02.2025