Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJda transformatsiya ishlari davom etmoqda

Foto: Hududiy elektr tarmoqlari
Bugun, 14 iyunda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJda konsalting va auditorlik xizmatlari bo‘yicha dunyodagi to‘rtta yetakchilardan biri hisoblangan Pricewaterhouse Coopers (PwC) kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muzokara davomida PwC vakillari Jamiyat rahbariyatiga xalqaro kredit reytingini olish va yevroobligatsiyalar chiqarish uchun konsalting xizmatlarini taklif etdilar.
Shu o‘rinda qayd etish joizki, “Hududiy elektr tarmoqlari” va PwC kompaniyasi o‘rtasida bundan avval ham hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan bo‘lib, xususan, 2021 yilda PricewaterhouseCoopers tomonidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning 2019-2020 yillar uchun tayyorlangan xalqaro standartlar asosidagi moliyaviy hisobotlari (IFRS) xalqaro auditorlik standartlariga muvofiq (IAS) audit tekshiruvidan o‘tkazilib, ijobiy bahosi olingan edi. Darhaqiqat, bu Jamiyatning kelgusida xalqaro kredit reytinglarini olish yo‘lida qo‘yilgan ilk dadil qadamlardan biri bo‘ldi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.
Uchrashuvda Jamiyatning umumiy faoliyati, amaliyotga transformatsiya jarayonlarini izchil tatbiq etish borasida olib borilayotgan sa’y-harakatlar haqida atroflicha to‘xtalib o‘tildi.
Ta’kidlanganidek, hozirgi kunda jahon bo‘ylab, shu jumladan, mamlakatimiz iqtisodiyotida ham yevroobligatsiyalarning tobora rivojlanib borayotganligini ko‘rish mumkin. Shu munosabat bilan PwC vakillariga Jamiyat oldiga qo‘yilgan vazifalar asosida, ya’ni xalqaro kredit reytingini olish va yevroobligatsiyalar chiqarish borasida konstruktiv takliflar berildi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati Ⓣ
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kreml AQSh bilan yashirin muzokara olib bordi va Ukraina bo‘yicha yon berishdan bosh tortdi
Jahon | 23:50 / 31.07.2025
-
AQSh Ukrainadagi urush qachon tugashi kerakligini belgiladi
Jahon | 23:05 / 31.07.2025
-
Ukrainada korrupsiyaga qarshi kurash idoralariga mustaqillik qaytarildi
Jahon | 22:53 / 31.07.2025
-
Parlamentdagi muxolifat, pulli yo‘llarning kechiktirilishi, o‘zbek sportidagi xush va noxush xabar – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:42 / 31.07.2025
Mavzuga oid

15:00 / 02.07.2025
“Fitch Ratings” agentligi “Hududiy elektr tarmoqlari“ AJ ning xalqaro kredit reytingini "BB, BARQAROR" darajasiga oshirdi

15:00 / 17.05.2025
O‘zbekiston elektr taqsimlash infratuzilmasini modernizatsiya qilish uchun Jahon bankidan 100 mln dollar jalb qiladi

19:00 / 26.04.2025
“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi

12:00 / 09.04.2025