Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Futbolchilarimiz muxlislarni his qilishi uchun ham stadion yonida baralla qo‘llab-quvvatlashga qaror qildik». «Bunyodkor»dagi fan-zonadan reportaj
Osiyo kubogi U23 ikkinchi yarimfinali doirasidagi O‘zbekiston – Yaponiya uchrashuvidan oldin o‘yin o‘tadigan stadion yonida monitor o‘rnatildi.
Tribuna.uz muxbirining «Bunyodkor» stadionidan xabar berishicha, yarimfinal bahsiga mahalliy tomoshabinlar kiritilmasligi sababli tashkilotchilar stadionning avtomobillar to‘xtash joyini fan-zonaga aylantirib, monitor o‘rnatgan. O‘zbekiston – Yaponiya uchrashuvi ushbu ekranda namoyish etiladi.
Avvalroq, Toshkent IIBB Toshkent shahrining Chilonzor tumanida, «Bunyodkor» stadioni atrofidagi ayrim ko‘chalar transport harakati uchun vaqtincha yopilishi haqida xabar bergan edi. Poytaxt IIBB xabariga ko‘ra, stadion atrofidagi ko‘chalar «yo‘l ta’mirlash ishlari olib borilayotgani munosabati bilan» 15 iyun kuni soat 17:00 dan soat 24:00 gacha transportlar yurishiga ruxsat berilmaydi.
Eslatib o‘tamiz, OFK qaroriga ko‘ra O‘zbekiston – Yaponiya uchrashuviga mahalliy muxlislar kiritilmaydi. Yaponiya olimpiya jamoasining esa 500 nafargacha tomoshabini stadionga kirishiga ruxsat beriladi. Uchrashuv soat 21:00da boshlanib, UzReportTV orqali jonli efirda namoyish etiladi.
Mavzuga oid
20:40 / 27.06.2026
Yaponiyada noqonuniy yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
16:44 / 22.06.2026
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
18:57 / 15.06.2026