Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ishtixon tumani sobiq hokimi Samarqandda yangi lavozimda ish boshladi
Samarqand viloyatining Ishtixon tumani sobiq hokimi Shuhrat Ne’matov yangi lavozimda ish boshladi. Bu haqda Mahalla va nuroniylarni qo‘llab - quvvatlash vazirligi xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vaziri buyrug‘i bilan Shuhrat Ne’matov Samarqand viloyati Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i nuroniylar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Shuhrat Ne’matov 1960 yilda Samarqand viloyati, Oqdaryo tumanida tavallud topgan. Uzoq yillar mobaynida turli yuqori lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2015 yilda "Mehnat shuhrati" ordeni bilan mukofotlangan.
U mehnat faoliyati davomida Samarqand viloyati O‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i, Oqdaryo tumani hokimining birinchi o‘rinbosari, tuman qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i, Oqdaryo tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchisi, Oqdaryo tumani hokimi sifatida ishlagan.
2007 yildan 2022 yilning 15 iyun kuniga qadar Shuhrat Ne’matov Ishtixon tumani hokimi vazifasida faoliyat olib borgan.
Mavzuga oid
18:20 / 06.07.2026
Samarqand Markaziy Osiyoning «yashil shahar» namunasiga aylantiriladi
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
15:39 / 03.07.2026
Samarqandda temiryo‘l o‘tkazilgan damba o‘pirildi
09:00 / 22.06.2026