“4 yoshli o‘g‘lim 7 yoshli opasiga donorlik qilmoqda” – qabriston qorovulining xorijda qolib ketgan farzandlari taqdiri
Namangandagi bu oilada voyaga yetayotgan ikki norasida bolalikdanoq og‘ir sinovlarni boshdan o‘tkazishmoqda. To‘ng‘ich farzand 7 yashar Husnora Abdusalomova 4 yildan beri gemolitik anemiya kasalligi bilan xastalangan. Shifokorlar qizaloqning dardiga birdan bir chora ilik ko‘chirish operatsiyasi ekanligini aytishgan.
Oila a’zolari bor-yo‘g‘ini sotib, uni davolatish uchun Hindistonga olib ketishgan. Ota-ona uchun bu kasallik bir emas, ikki zarba bo‘lmoqda. Chunki Husnoraga o‘z ukasi 4 yoshli Abdurasul Abdusalomov donorlik qilish uchun murakkab jarrohlik amaliyotini boshidan o‘tkazyapti.
“Qizimning umri kasalxonalarda o‘tyapti. Uning hayotini saqlab qolish uchun xorijga ilik ko‘chirish operatsiyasiga kelganmiz. Kenja farzandim o‘z jonidan jon uzib opasiga donorlik qilyapti. Lekin mablag‘ masalasida ancha qiynalib qoldik. Hamma narsamizni sotib kelganmiz, hozir bizga yana 10 ming AQSh dollari atrofida pul yetishmayapti. Bir emas, ikki bolam sog‘ayishi uchun yordamga muhtojmiz”, - deydi bolalarning onasi Gulyora Mo‘minova.
Oila boshlig‘i Umidjon Abdiyev qabriston qorovuli bo‘lib ishlaydi. Qizining yillab davolanishi uchun so‘nggi mablag‘igacha sarflagan oila musofir yurtda imkon axtarishyapti. Farzandiga kelgan dardning azobini ulardan ming chandon ziyoda his qiluvchi yaxshilarning ko‘magi sabab bu oilaning bolalari ham sog‘ayib ketsa ajab emas.
Husnora Abdusalomovaga oid ma’lumotlar:
Humo: 9860 0401 1495 3744 onasi Gulyora Mo‘minova nomida
Viza: 4231 2000 0956 5770 onasi Gulyora Mo‘minova nomida
Mavzuga oid
23:49 / 08.11.2024
Britaniyada hospis yopilmasligi uchun 6 mln funt sterling xayriya mablag‘i to‘plandi
22:50 / 08.10.2024
Siyosiy mahbuslarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan marafon uch oyda 378 ming yevro to‘pladi
13:08 / 31.08.2024
AQShda shahar hokimiyati 12 yoshli bolaning xayriya do‘konini yopdi. Aholi bola uchun 20 ming dollar yig‘ib berdi
08:23 / 20.08.2024