O‘zbekiston | 07:51 / 17.06.2022
3401
1 daqiqa o‘qiladi

«Tez yordam» brigadalari hudud chegarasiga qarab emas, bemorgacha masofa yaqinligiga ko‘ra yo‘naltiriladi 

Endilikda "tez yordam" brigadalari hudud chegarasiga qarab emas, balki bemorgacha masofaning yaqinligiga ko‘ra yo‘naltiriladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Kun.uz

Qayd etilishicha, prezidentning “Aholiga tez tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, tashkil etiladigan yagona “Call-markaz”larda:

chaqiruvlarni qabul qiluvchi xodimlar bilan birga shifokor xodimlardan iborat maxsus tibbiy maslahat xizmati faoliyati tashkil etiladi;

rahbar lavozimlariga IT-parklardagi iqtidorli yoshlar orasidan munosib nomzodlar tayinlanadi;

saralash orqali bemor ahvoli, kasallik turi va og‘irlik darajasiga qarab chaqiruvlarga tegishli tibbiy brigadalarni yo‘naltirish tizimi joriy etiladi.

Shuningdek, vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, tez tibbiy yordamning tuman (shahar) yoki hudud chegarasidan qat’i nazar bemorgacha masofa yaqinligiga qarab tibbiy brigadani yo‘naltirish yo‘lga qo‘yiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid