Musayevga köra, bu yerda “katta raqam ortidan quvişdek kayfiyat” bor.

“Akmalxon Eşondadayeviç aytganidek, tizimda juda köplab kamçiliklarga e’tibor berilgan. Lekin juda katta bir raqamlar qöyilib ketmoqda. Nima uçun 34-varaqdagi hisobotda soğliqni saqlaş tizimida 50 milliard moliyaviy xato-kamçiliklar deyilyapti? 45-varağida 56 milliard?

Şunday bir kayfiyat borki, bu katta raqamni ortidan quvişdek. Bir narsaga kelişib olişimiz kerak-da. Moliyaviy nazorat organidan olingan ma’lumotlar asosida tayyorlangan hisobot… Moliyaviy nazorat organi aniqladi, bu korrupsiyaviy holat böldimi yoki yöqmi? Buni hali sud isbotladimi yoki yöqmi?

395 ta davolaş profilaktika muassasalarida… Bizning tibbiyot tizimida 500 mingdan ortiq xodim işlaydi. Hozir tibbiyot sohasi eng korrupsion soha degan xulosa qilinyapti. Qani, şu 395 ta taşkilot. Biz körganimizdan beri şu ma’lumotlarning tagiga yetgimiz kelyapti. Qaysi taşkilotning özida moliyaviy kamçilik aniqlanibdi? Şunday korrupsion holat bölgan bölsa, nega birorta kattaroq tibbiyot tizimining rahbari yoki boşqasiga nisbatan sud tomonidan qat’iy çora körilmagan? Demak, bu kamçiliklar hali kimningdir aktiga tuşgan qoğoz. Sudda öz isboti va dalilini topmagan faktorlar böladi.

Foto: Kun.uz

Bundan taşqari, şu 50 milliarddan 35 milliardi “monitoring natijasida maqsadsiz xarajatlar öz vaqtida aniqlandi va iqtisod qilinişiga erişildi”, deyilyapti. Bu hali korrupsion holat emas, şuni aniq aytişimiz kerak. Çunki hisobot, smeta va ştat ma’lumotlari örganiladi, tekşiriladi. Buni bartaraf qiliş maqsadida soğliqni saqlaş, moliya va ğaznaçilik organlari birgalikda tekşirişni amalga oşiradi.

Şuning uçun, bitta taklifim bor. Avvalambor, bunday hisobotlarni yuqori darajaga çiqişidan oldin vazirlik bilan birma-bir körib çiqsak. Ana undan keyin yakuniy töxtamga kelgan raqamni olib çiqsak, menimça töğriroq bölardi.

Vazir sifatida gapirayotganim yöq, buning orqasidan butun umr şu sohada işlab kelgan fidoyi xodimlar bor. Hozir butun ijtimoiy tarmoqlarda bir-ikki kundan beri eng korrupsion soha bu tibbiyot sohasi degan, fikrlar bor…

Şuning uçun ham mening iltimosim böladi… Biz heç qaçon özimizni ayblaşga yoki oqlaşga harakat qilmaymiz, bunday niyatimiz ham yöq. Lekin har bitta holat böyiça oldin kelişib, körib olsak-da, kimningdir bergan ma’lumotiga tayanib, xulosa çiqarmasdan. Ana undan keyin çiqarsak [hisobotni]...”