Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan hududlarda ötkazilayotgan soğlomlaştiriş aksiyalari ana şunday bemorlarga katta yengillik bermoqda.

Vazirlik markaziy apparati jamoasi, respublika ixtisoslaştirilgan tibbiyot markazlari rahbarlari va şifokorlari, tibbiyot oliy öquv yurtlari olimlari, jami 150 nafardan iborat maxsus guruhning bu galgi geolokatsiyasi Sirdaryo viloyati böldi.
Tahlillarga köra, bugun Sirdaryo viloyatida eng köp tarqalgan kasalliklar orasida nafas oliş tizimi a’zolari xastaliklari yuqori örinda turadi. Keyingi örinlarni esa qon va qon yaratiş a’zolari kasalliklari, ovqat hazm qiliş, yurak-qon tomir tizimi xastaliklari band etgan. Bu kabi kasalliklarni davolaş, sohaga doir masalalarni tizimli va manzilli hal etiş uçun, avvalo, aholining bu boradagi muammolarini örganiş hamda ularga ijobiy yeçim topiş kabi qator çora-tadbirlar talab etiladi.

Guliston şahar köp tarmoqli markaziy poliklinikasi – birinçi manzil
Dastlab Guliston şahar köp tarmoqli markaziy poliklinikasida muammoli masalalar bilan kelgan murojaatçilarni Soğliqni saqlaş vazirligi mas’ullari qabul qildi. Tadbir davomida aholi murojaatlari tinglanib, muammoli masalalarni joyida hal etiş çoralari körildi.

12 yoşda orttirilgan dardga 33 yoşda çora topildi
Öz muammmosiga yeçim topgan bir şunday fuqarolardan biri Dilbar Qöşoqova — 1989 yilda tuğilgan. Guliston şahrida yaşaydi. 3 nafar farzandi bor. Uşbu ayolni 12 yoşligidagi dard hamon qiynaydi. Uning aytişiça, bolaligida yerga qattiq yiqilişi tufayli oyoq suyagi yorilgan.

Oqibatda suyak yemirilib, oqsoqlik boşlangan. Biroq moddiy imkoni yöqligi sababli öz vaqtida davolana olmagan. Natijada bemorning ahvoli yillar davomida yanada oğirlaşadi. Ayniqsa, ayol uçinçi farzandini dunyoga keltirgaç, kasallik yanada zöraygan. Qabulda vazirlik mutasaddilari uning murojaatlariga quloq tutdi. Bemorga davlat hisobidan bepul protez qöyilib, davolanadigan böldi.






























