AQSh Kiyevga to‘rtta jangovar dron yetkazib berish jarayonini to‘xtatdi - Reuters
Reuters xabariga ko‘ra, Pentagon ilg‘or ehtiyot qismlar Rossiya qo‘liga o‘tishi xavfi tufayli MQ-1C Gray Eagle’ni Kiyevga sotish rejasini to‘xtatgan.
Jo Bayden ma’muriyatining AQShning Hellfire raketalarini olib yurishi mumkin bo‘lgan to‘rtta MQ-1C Gray Eagle razvedka-zarbali uchuvchisiz uchish apparatini Ukrainaga sotish rejasi jihozlar dushman qo‘liga o‘tishi mumkinligidan xavotirlar tufayli to‘xtatib qo‘yildi. Bu haqda 17 iyun, juma kuni Reuters agentligi ikki manbaga tayanib xabar berdi.
Texnik e’tirozlar AQSh harbiy texnologiyalari xavfsizligini ta’minlash uchun mas’ul bo‘lgan Pentagon boshqarmasi tomonidan batafsil ko‘rib chiqish chog‘ida bildirilgan. Avvalroq, mart oyidan beri muhokama qilingan sotuv Oq uy tomonidan ma’qullangandi, dedi agentlikning uch nafar suhbatdoshi.
E’tirozlar dronlardagi radar va optik-elektron tizimlar Rossiya harbiylari qo‘liga tushib qolsa, AQSh xavfsizligiga tahdid solishi bilan bog‘liq.
Agentlik manbalarining aytishicha, bu mulohaza dastlab e’tiborga olinmagan, lekin o‘tgan hafta oxirida Pentagondagi uchrashuvlarda ko‘tarilgan.
«Texnologiyalar xavfsizligini tekshirish Amerika mudofaa mahsulotlarini barcha xalqaro hamkorlarga topshirishda standart amaliyotdir. Barcha holatlar o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda alohida ko‘rib chiqiladi. Belgilangan jarayonning bir qismi sifatida milliy xavfsizlik bilan bog‘liq muammolar tegishli tasdiqlash organiga yetkaziladi», dedi AQSh harbiy idorasi vakili Syu Gof.
Kelishuvga ruxsat berish yoki bermaslik masalasi Pentagondagi yuqori idoralar tomonidan ko‘rib chiqilmoqda, biroq qaror qabul qilish vaqti noma’lum, dedi Reuters agentligiga manba.
Murosaga kelinishi mumkin bo‘lgan jihatlardan biri komponentlarni nisbatan eskiroq variantlari bilan almashtirish bo‘lishi mumkin, ammo bu bir necha oy davom etadi, dedi manbalardan biri. Ammo, kelishuv AQSh kongressi tomonidan bloklanishi mumkin.
AQSh prezidenti Jo Bayden 1 iyun kuni Ukrainaga HIMARIS yalpi o‘t ochish reaktiv tizimlarini o‘z ichiga olgan yangi harbiy yordam paketini e’lon qildi. Ushbu tizimlar 80 kilometrgacha bo‘lgan masofadagi obektni aniq nishonga olish imkoniyatiga ega. «AQSh ukrainalik hamkorlarimizni qo‘llab-quvvatlaydi va Ukrainani qurol-yarog‘ va mudofaa vositalari bilan ta’minlaydi», — dedi Bayden.
O‘z navbatida, AQSh Davlat departamenti Ukrainaga yangi harbiy yordam paketi hajmi 700 million dollarni tashkil etishini ma’lum qildi.
Mavzuga oid
23:20 / 13.11.2024
Polshada AQShning raketaga qarshi mudofaa bazasi ochildi
22:44 / 13.11.2024
Tramp ma’muriyatida Ukraina bo‘yicha maxsus vakil bo‘ladi - OAV
22:14 / 13.11.2024
Tramp lavozim taqsimlamoqda: Pentagon jurnalistga, Maskka yangi departament
21:24 / 13.11.2024