Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 16 iyul kuni Ukraina Xavfsizlik xizmati rahbari vazifasini bajaruvçi general-mayor Yevgeniy Xmarani mudofaa vaziri lavozimiga nomzod sifatida körsatiş niyati borligini bildirdi.

Zelenskiyning Telegram orqali ma’lum qilişiça, nomzodni parlamentga taqdim etişdan oldin qonunçilikda nazarda tutilgan barça yuridik jarayonlar bajarilişi kerak. Şundan keyin prezident Oliy rada deputatlaridan Xmara nomzodini qöllab-quvvatlaşni söramoqçi.

Ukraina rahbari öz tanlovini Xmaraning texnologik va uzoq masofali zarba amaliyotlarini taşkil etiş borasidagi katta tajribasi bilan izohladi.

Zelenskiyning ta’kidlaşiça, Ukraina mudofaa tizimi hozirgi uruş şaroitida aynan texnologik amaliyotlar, uzoq masofadan zarba beriş imkoniyatlari va xavfsizlik tuzilmalarida içki nazoratni kuçaytirişga e’tibor qaratişi lozim.

Prezident Xmaraning UXXning «Alfa» maxsus operatsiyalar markazida şaxsiy tarkibni boşqariş tajribasi ham mudofaa vaziri lavozimida muhim ustunlik bölişini aytdi.

Biroq Xmaraning nomzodini hoziroq parlament ovoziga qöyiş imkoni yöq. Ukraina qonunçiligiga muvofiq, mudofaa vaziri fuqarolik maqomiga ega şaxs bölişi kerak. UXX rahbari vazifasini bajarayotgan Xmara esa hali ham amaldagi harbiy xizmatçi hisoblanadi.

Xabarda qayd etilişiça, zarur yuridik jarayonlar avgust oyining örtalarigaça yakunlanişi mumkin. Şu vaqtda Ukraina parlamenti ta’tildan söng işini qayta boşlaşi kutilmoqda.

Xmara Zmeiniy orolini ozod etiş amaliyotiga rahbarlik qilgan

Zelenskiy Yevgeniy Xmarani 5 yanvar kuni UXX rahbari vazifasini vaqtinça bajaruvçi etib tayinlagan. U bu vazifada Vasiliy Malyukning örnini egallagan.

Xmara 2025 yil avgustidan UXXning «A» maxsus bölinmasiga rahbarlik qilib kelgan. Bunga qadar u UXXning terrorizmga qarşi kuraş böyiça Maxsus operatsiyalar markazini boşqargan.

Materialda keltirilişiça, general-mayor Rossiya qöşinlari egallab turgan Zmeiniy orolini Ukraina nazoratiga qaytariş amaliyotiga rahbarlik qilgan.

Şuningdek, Xmara mudofaa va xavfsizlik tuzilmalari içidagi korrupsiya holatlariga qarşi kuraşiş tarafdori sifatida ham tilga olinadi. Fevral oyida UXX içki xavfsizlik xodimlari Ukraina Harbiy-havo kuçlarining logistika qömondoni hamda UXXning Jitomir viloyati boşqarmasi rahbarini qölga olgani xabar qilingan edi.