Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
RT telekanali Ukrainada bedarak yo‘qolgan AQSh harbiylari aks etgan videoni namoyish etdi
AQSh harbiy xizmatchisi Endi Hyun RT telekanaliga bergan intervyusida Aleksandr Dryuke bilan birgalikda Xarkov viloyatida ukrainaliklar tomonida jang qilganini aytdi. AQSh Davlat departamenti avvalroq Ukrainada uch amerikalik g‘oyib bo‘lgani haqida xabar bergan edi.
Rossiyaning RT davlat telekanali urush paytida Ukrainada g‘oyib bo‘lgan amerikalik harbiylar aks etgan videoni e’lon qildi. Jurnalist Roman Kosarev 17 iyun, juma kuni kechqurun Telegram messenjerida o‘zini sobiq amerikalik harbiy xizmatchi Aleksandr Dryuke deb tanishtirgan shaxs onasiga murojaat qilgan videoni joylashtirdi, u tirik ekani va imkon qadar tezroq uyiga qaytishga umid qilayotganini aytgan.
Xuddi shu kuni RT Telegram-kanalida Endi Hyun bilan intervyu paydo bo‘ldi, u Dryuke bilan Ukrainaning Xarkov viloyatida «rus qo‘shinlariga qarshi janglarda» qatnashganini bildirgan. Aytilishicha, Dryuke va Hyun Ukraina armiyasi tomonida ko‘ngillilar sifatida jang qilgan. RT tomonidan e’lon qilingan videoda Hyun Dryuke bilan Xarkov viloyatidagi otishmalar paytida orqaga chekinganini va Rossiya armiyasiga taslim bo‘lishdan oldin bir necha soat yashiringanini ta’kidlagan.
Xabar e’lon qilinayotgan vaqtda amerikalik harbiy xizmatchilarni kim asirga olgani va suratga olish tafsilotlari haqida hech qanday ma’lumot kelib tushmagan.
AQSh Davlat departamenti vakilining aytishicha, Qo‘shma Shtatlar rasmiylari «Ukrainada Rossiya kuchlari tomonidan qo‘lga olingani xabar qilingan» ikki amerikalikning fotosuratlari va videolarini ko‘rgan. AQSh hukumati vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda.
O‘z navbatida, AQSh prezidenti Jozef Bayden vatandoshlarini Ukrainaga sayohat qilishdan tiyilishga chaqirdi. Avvalroq Oq uy Ukrainada AQShning uchinchi fuqarosi bedarak yo‘qolganini ma’lum qilgandi.
Iyun oyi boshida o‘zini «Donetsk xalq respublikasi» deb e’lon qilgan hududning «Oliy sudi» Buyuk Britaniya fuqarolari Shon Pinner va Eyden Aslinni, shuningdek, Marokash fuqarosi Saadun Brahimni Ukraina tomonidagi jangovar harakatlarda qatnashganlikda ayblab, o‘lim jazosiga hukm qildi.
Mavzuga oid
11:35 / 21.06.2026
Kapotnyadagi zavodga zarba oqibatlari. Kosmosdan ko‘rinish
09:02 / 20.06.2026
Netanyahu Trampga bosim o‘tkazishi mumkin - AQSh razvedkasi
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
22:13 / 19.06.2026