Jahon | 21:36 / 18.06.2022
45046
1 daqiqa o‘qiladi

To‘qayev Rossiya taklif etgan ordenni rad etdi - OAV

Siyosatshunos Yerbol Yedilovning yozishicha, Rossiya tomoni Qosim-Jo‘mart To‘qayevga Aleksandr Nevskiy ordeni bilan mukofotlashni taklif qilgan. To‘qayev bu taklifni rad etgan.

Foto: Akorda.kz

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev prezidentlik vakolati yakunlanmagunicha milliy va xorijiy mukofotlarni olmaslikka qaror qildi, deb xabar berdi Tengrinews.kz.

Siyosatshunos Yerbol Yedilovning yozishicha, Rossiya tomoni Qosim-Jo‘mart To‘qayevga Aleksandr Nevskiy ordeni bilan mukofotlashni taklif qilgan. 

"Davlat rahbari ushbu e’tirof uchun minnatdorlik bildirdi. Ammo u prezidentlik vakolati yakunlanmagunicha milliy va xorijiy mukofotlarni olmaslikka qaror qilgan. Shu sababli prezident Bishkekka tashrifi chog‘ida birinchi darajali "Manas" ordenini olishni rad etgan", - deb yozgan u.

Xabar berilishicha, To‘qayevning matbuot kotibi Ruslan Jyeldibay ushbu ma’lumotni tasdiqlagan. 

Avvalroq Qosim-Jo‘mart To‘qayev Peterburg iqtisodiy forumidagi chiqishida uning mamlakati o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olmasligini aytgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid