15:12 / 19.06.2022
29301

Koronavirus: O‘zbekistonda kunlik kasallanish holatlari soni 100 dan oshdi

Bu qishning so‘nggi kunlaridan buyon eng yuqori ko‘rsatkich.

O‘zbekistonda ketma-ket beshinchi kun kasallanish holatlari soni o‘smoqda.

«2022 yil 18 iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 239633 (+108) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi SSV xabarida.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 3 nafari Andijon viloyatida,
  • 4 nafari Buxoro viloyatida,
  • 3 nafari Jizzax viloyatida,
  • 1 nafari Samarqand viloyatida,
  • 1 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 1 nafari Xorazm viloyatida,
  • 10 nafari Toshkent viloyatida,
  • 85 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Buxoro viloyatida 2 nafar,
  • Samarqand viloyatida 2 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 4 nafar,
  • Xorazm viloyatida 1 nafar,
  • Toshkent viloyatida 7 nafar,
  • Toshkent shahrida 40 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 237655 (+56) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 99 foizni tashkil etmoqda.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 14 iyun kunidan kunlik kasallanish holatlari o‘sa boshladi - 15 iyun kuni 39 kishida kasallik aniqlangani e’lon qilingandi (bu bir kun avvalgidan 31 taga ko‘p. 16 iyun kuni 57, 17 iyun kuni 59, 18 iyun kuni 74 ta kasallanish holatlari qayd etildi.

O‘zbekistonda oxirgi bor kunlik holatlar soni 100 dan oshiq bo‘lishi 28 fevral kuni kuzatilgandi - 106 holat. Shundan buyon kunlik kasallanish holatlari tushib kelgan, may oyi boshida birorta kasallik qayd etilmagan kunlar bo‘lgandi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top