Lukashenko O‘zbekistonga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda
Sentabr oyida Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko O‘zbekistonga tashrif buyurib, Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) sammitida ishtirok etishni rejalashtirmoqda.

Foto: Nikolay Petrov / BelTA
Bu haqda Belarus bosh vaziri Roman Golovchenko ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Toshkentda Belarus prezidenti O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev bilan ham ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazadi.
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin kuzda bo‘lib o‘tadigan ShHT sammiti va MDH davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishida ishtirok etishi xabar qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, prezident 2021 yil fevral oyida «2022 yilda Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkilotining sammitini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzolagan edi.
Hujjat bilan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha respublika tashkiliy komissiyasi tarkibi va sammit tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha bosqichma-bosqich ish rejasi tasdiqlandi.
Keyinroq bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov Samarqand shahrida turli toifadagi va yulduzli 8 ta mehmonxona (7, 11 va 22 qavat) barpo etilishini ma’lum qildi. Ular bo‘lajak sammit mehmonlari va ishtirokchilari uchun mo‘ljallangan 1,2 ming xonaga mo‘ljallangan.
Tavsiya etamiz
Oshadigan nafaqalar, joriy etilayotgan eskrou tizimi va sog‘liqni saqlash sohasida yangi model – 1 iyuldan nimalar o‘zgaradi?
O‘zbekiston | 11:14
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

18:31 / 27.06.2025
Shavkat Mirziyoyev YeOII yig‘ilishida kuzatuvchi davlat rahbari maqomida ishtirok etdi

17:25 / 27.06.2025
YeOII bilan manfaatli hamkorlikni kengaytirish iqtisodiy siyosatimizning ustuvor yo‘nalishi – prezident

22:32 / 26.06.2025
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Belarusga yetib bordi

14:44 / 26.06.2025