Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda yuz bergan suv toshqinlari oqibatida 400 kishi halok bo‘ldi
So‘nggi kunlarda mamlakatning qator viloyatlarida suv toshqinlari sodir bo‘ldi.
Afg‘onistonda sodir bo‘lgan suv toshqinlari oqibatida 400 kishi halok bo‘ldi, deb xabar berdi Tolo News telekanali.
"Yaqinda sodir bo‘lgan suv toshqinlari oqibatida butun Afg‘oniston bo‘yicha kamida 400 kishi qurbon bo‘ldi", - deyiladi telekanal xabarida.
Qayd etilishicha, so‘nggi kunlarda mamlakatning qator viloyatlari, xususan, Kobul, Panjsher, Xo‘st, Paktiya, Nangarhor va boshqa viloyatlarida suv toshqinlari yuz bergan.
"Jarohatlanganlar shifoxonalarga yotqizildi. Uy-joylariga zarar yetgan odamlar evakuatsiya qilindi", - deb ma’lum qildi tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf qilish vazirligi.
Xabar qilinishicha, o‘nlab gektar yerlar suv ostida qolgan.
Mavzuga oid
18:19
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
10:50 / 12.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida qo‘shimcha temiryo‘l qurilishi mumkin
20:57 / 11.06.2026