O‘zbekiston Afg‘onistondagi zilzila oqibatlarini bartaraf etishda yordam ko‘rsatishga tayyor - TIV
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Afg‘onistonda mingdan ortiq kishining halok bo‘lishiga olib kelgan zilziladan so‘ng qurbonlarning oilalariga hamdardlik bildirdi. Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston ofatning fojiali oqibatlarini tezroq bartaraf etishda birodar afg‘on xalqiga yordam berishga tayyor.
“Afg‘onistonning Paktika va Xost provinsiyalarida ro‘y bergan zilzila oqibatida ko‘plab insonlarning qurbon bo‘lgani va jarohatlangani, shuningdek, jiddiy vayrongarchiliklar kelib chiqqani haqidagi xabarlar O‘zbekistonda chuqur qayg‘u bilan qabul qilindi.
Halok bo‘lganlarning oilalariga chin dildan hamdardlik bildirib, jarohatlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tilaymiz.
O‘zbekiston hukumati tabiiy ofatning fojiali oqibatlarini imkon qadar tez bartaraf etishda birodar Afg‘oniston xalqiga har tomonlama yordam ko‘rsatishga tayyor”, – deyiladi bayonotda.
22 iyunga o‘tar kechasi, mahalliy vaqt soat 01:30 atrofida ro‘y bergan 6,1 balli zilzila oqibatida kamida ming kishi halok bo‘lishi bilan birga, 1500 dan ortiq kishi yaralandi. Qurbonlar soni yana oshishi mumkin.
Qurbonlarning ko‘pchiligi – mamlakat sharqidagi Paktika viloyatida qayd etilgan, birgina Rayan tumanida 200 dan ortiq kishining jasadi topilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan kadrlarda ko‘chkilar ostida ko‘milib qolgan, vayronaga aylangan uylarni ko‘rish mumkin. Qutqaruvchilar xarobalar orasidan omon qolganlarni qidirmoqda.
Toliblar zilzila qurbonlari va jabrlanuvchilar oilalariga yordam uchun 1 mlrd afg‘oniy (11 mln dollar) ajratgan. “Tolibon” FVV rahbari o‘rinbosari Sharafuddin Muslimning ma’lum qilishicha, Paktika, Xo‘st va Nangarhorda halok bo‘lganlarning oilalari hukumatdan 100 ming afg‘oniy (1,1 ming dollar), jabrlanganlarning oilalari esa 50 ming afg‘oniy (550 dollar) oladi.
Mavzuga oid
11:53 / 13.11.2024
Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Surxondaryoda sezildi
21:44 / 09.11.2024
Afg‘onistonda IIV, Mudofaa vazirligi va razvedka qurol-yarog‘ berish huquqidan mahrum etildi
18:05 / 06.11.2024
Afg‘onistonda ko‘knori yetishtirish hajmi yana oshmoqda - BMT
14:12 / 06.11.2024