O‘zbekiston | 11:53 / 23.06.2022
12073
6 daqiqa o‘qiladi

12 nafar sudya rotatsiya qilindi, 7 nafari esa yangi muddatga tayinlandi

Sudyalar oliy kengashining qarori bilan 12 nafar sudya vakolati muddati davriga boshqa lavozimga o‘tkazildi, shuningdek, vakolati muddati yakuniga yetgan ayrim sudyalar mazkur lavozimda bo‘lishining navbatdagi 10 yillik muddatiga tayinlangan.

Foto: Getty Images

Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmatining xabar berishicha, kengashning 22 iyun kuni o‘tkazilgan yig‘ilishida 12 nafar sudya vakolati muddati davriga qayta tayinlangan. Sudyalar oliy kengashi qaroriga muvofiq:

  • Sultonov Muhiddin Po‘latjonovich – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Toshkent shahar Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi raisining o‘rinbosari lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent shahar sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi lavozimidan ozod qilindi.
  • Suvonqulov Anvar Rahmonqul o‘g‘li – sudyalik vakolati muddati davriga Sirdaryo viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanlararo iqtisodiy sudining raisi lavozimidan ozod qilindi.
  • Sangirov Nodirbek Rahmon o‘g‘li – sudyalik vakolati muddati davriga Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanlararo iqtisodiy sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi.
  • Nafasov Jur’at To‘rayevich – sudyalik vakolati muddati davriga Qashqadaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Koson tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Surxondaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Termiz tumanlararo sudining raisi lavozimidan ozod qilindi.
  • Normatov Inomjon Ismonaliyevich – sudyalik vakolati muddati davriga Farg‘ona viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Quva tuman sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Andijon viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Buloqboshi tuman sudining raisi lavozimidan ozod qilindi.
  • Rasulov O‘ktam Haydarovich – sudyalik vakolati muddati davriga Qashqadaryo viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Ko‘kdala tuman sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Qashqadaryo viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Chiroqchi tuman sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi.
  • Ko‘kiyev Muzaffar Zafarovich – sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Sirg‘ali tuman sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi.
  • Hasanova Mehribon Otaboyevna – sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Sirg‘ali tuman sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Xorazm viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Xonqa tuman sudining raisi lavozimidan ozod qilindi.
  • Murodov Narzulla Ubaydullayevich – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Samarqand viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Sirdaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Guliston tumanlararo sudining raisi lavozimidan ozod qilindi.
  • Tursunov Xurshid Farhodovich – sudyalik vakolati muddati davriga Navoiy viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Navoiy viloyati Uchquduq tuman iqtisodiy sudining raisi lavozimidan ozod qilindi.
  • Bahronov Azizjon Fayzulloyevich – sudyalik vakolati muddati davriga Navoiy viloyat sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Navoiy viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Navbahor tumanlararo sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi.

Shuningdek, besh yil davomida fuqarolik ishlari bo‘yicha Chirchiq tumanlararo sudining raisi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan Abduvahobova Maxmuda Asatullayevna sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent viloyati sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi.

Bundan tashqari, kengash yig‘ilishida vakolati muddati yakuniga yetgan ayrim sudyalarni mazkur lavozimda bo‘lishining yangi muddatiga tayinlashga oid masala ham ko‘rib chiqildi. Yakunda quyidagilarga qayta ishonch bildirildi:

  • Yoqubxo‘jayev Jahongir Umarxo‘jayevich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik, shundan besh yil muddatga Andijon viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Izboskan tuman sudining raisi lavozimiga;
  • Azizov Bahodir Shavkatovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Qashqadaryo viloyat sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga;
  • Farmonov Baxtiyor To‘ychiyevich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik, shundan besh yil muddatga Qashqadaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Shahrisabz tumanlararo sudining raisi lavozimiga;
  • Eshchanov Doniyorbek Komiljonovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik, shundan besh yil muddatga Xorazm viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Shovot tumanlararo sudining raisi lavozimiga;
  • Rahmonova Nazira Jabborovna – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Samarqand viloyat sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga;
  • Qudratov Aziz Izzatullayevich – sudyalik vakolati muddati davriga Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimiga;
  • Akramov Aziz Aslamovich – sudyalik vakolati muddati davriga Samarqand viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga tayinlandi.

Mavzuga oid