Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliyada Samsung chalg‘ituvchi reklama bergani uchun 10 mln dollar jarimaga tortildi
Samsung kompaniya smartfonlaridan basseyn va dengizda cho‘milayotganda foydalanish mumkinligi aytilgan reklamalar bergan. Nazorat organi smartfondan suvda foydalanilganidan so‘ng muammolar paydo bo‘lgan yuzlab iste’molchilarning shikoyatlarini o‘rganib chiqqan.
Samsung kompaniyasi Galaxy smartfonlarining suv o‘tkazmasligi to‘g‘risida chalg‘ituvchi reklama bergani uchun 9,7 mln dollar jarima to‘laydi. Bu haqda Avstraliya raqobat va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish komissiyasi ma’lum qildi.
Komissiyaning bildirishicha, Samsung 2016 yil mart va 2018 yil oktyabri oralig‘ida kompaniya smartfonlaridan basseyn va dengizda cho‘milayotganda foydalanish mumkinligi aytilgan to‘qqizta reklama materiali chiqargan. Reklama kampaniyalari Facebook, Twitter, Instagram tarmoqlarida, kompaniya sayti va do‘konlarda o‘tkazilgan.
Nazorat organi smartfondan suvda foydalanilganidan so‘ng muammolar paydo bo‘lgan yuzlab iste’molchilarning shikoyatlarini o‘rganib chiqqan. Ayrim holatlarda qurilmalar butunlay ishlamay qolgani aytilgan.
Kompaniyaning Avstraliyadagi bo‘linmasi smartfonlar basseyn yoki dengiz suviga solinganida ularning quvvatlagich tirqishi korroziyaga uchrashi va ishdan chiqishini tan olgan.
Qayd etilishicha, muammo Samsung Galaxy S7, S7 Edge, A5 (2017), A7 (2017), S8, S8 Plus va Note 8 smartfonlari bilan bog‘liq.
Mavzuga oid
19:35 / 24.06.2026
Raqobat qo‘mitasi dori reklamalaridagi chalg‘ituvchi iboralardan ogohlantirdi
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
20:18 / 06.06.2026