Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda pul evaziga haydovchilik guvohnomasi olib bermoqchi bo‘lgan avtomaktab o‘qituvchisi ushlandi
MChJ o‘qituvchisi avtomaktabdagi tanishlari orqali haydovchilik guvohnomasini olib berishni aytib pul talab qilgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.
Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda DXXning Izboskan tumani bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbirda, “A.M.Z.” MChJning Izboskan filiali o‘qituvchisi O.A. fuqaro P.ga boshqa avto maktabdagi tanishlari orqali o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashmasdan, o‘quvchilar ro‘yxatiga kiritib qo‘yib, haydovchilik guvohnomasini olib berish evaziga 5,8 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq, Navoiyda imtihonsiz “prava” olib bermoqchi bo‘lgan sug‘urtachi ayol ushlanligi xabar qilingan edi.
Mavzuga oid
09:18 / 30.01.2026
1 fevraldan ayrim yoshlarga haydovchilik o‘quv kursi uchun subsidiya beriladi
11:42 / 28.01.2026
1200 dan ortiq odamga soxta “prava” qilib berganlar ustidan tergov ketmoqda
11:09 / 03.11.2025
Skuter va mototsikllarga “prava”ni qanday olish mumkin va bu qanchaga tushadi?
12:55 / 27.10.2025