O‘zbekiston | 13:12 / 28.06.2022
13401
1 daqiqa o‘qiladi

Ayrim toifadagi davlat xizmatchilari moslashuvchan ish rejimiga o‘tishi mumkin

Ayrim davlat xizmatchilari moslashuvchan ish rejimiga o‘tkazilishi mumkin. Bu haqda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi xabar berdi.

Foto: Shutterstock

Qayd etilishicha, agentlik tomonidan davlat xizmatchilari ish rejimi bo‘yicha ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ayni kunlarda davlat xizmatchilarining ish vaqti masalasi tadqiq qilinmoqda. Xorijiy, amaliyotda o‘zini oqlagan tajribalar o‘rganilmoqda. 

Ushbu so‘rovnomada ham ish rejimiga oid muhim savollar o‘rin olgan va u tizimni yanada takomillashtirish, davlat xizmati jozibadorligini oshirish maqsadida tashkil etilmoqda.

So‘rovnoma anonim xarakterga ega, unda davlat xizmatchilari va xususiy sektorda faoliyat yuritayotgan xodimlar ishtirok etishi mumkin.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid