Pensiya tayinlashda yana bir qo‘shimcha hujjat talab etish bekor qilindi
Endilikda O‘zbekiston fuqarolaridan yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalarini tayinlash jarayonida oila tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar talab etilmaydi.
Pensiya jamg‘armasi tomonidan fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish, davlat pensiyalarini tayinlashda fuqarolardan talab etiladigan hujjatlarni bosqichma-bosqich qisqartirish maqsadida Adliya vazirligi va Pensiya jamg‘armasi ma’lumotlar bazalari o‘rtasida axborot almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
“Yangi O‘zbekiston” nashrining xabar berishicha, ushbu axborot almashinuvi orqali davlat pensiyalarini tayinlashda fuqarolar oila tarkibi to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlari avtomatik tarzda shakllantirish tizimi yo‘lga qo‘yildi.
Ya’ni, endilikda pensiya tayinlashda nikoh, ajrim va farzandlar tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalari va ular nusxalari talab etilmaydi.
Mavzuga oid
08:30 / 01.11.2024
Pensiya tayinlash va to‘lashda byurokratiya qisqartiriladi
07:20 / 30.10.2024
2025 yilda ish haqi va pensiyalarni oshirishga qancha mablag‘ ajratilishi ma’lum qilindi
08:30 / 12.10.2024
Ayrim shaxslarga O‘zbekiston hududiga kirish rad etilishi mumkin
14:10 / 02.10.2024