Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abituriyent kiritgan ma’lumotlarini 20 iyulgacha tahrirlashi mumkin
Abituriyent kiritgan ma’lumotlarini 20 iyulgacha tahrirlashi mumkin. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Davlat test markazi axborot xizmati rahbari Orziqul Boboyev ma’lum qildi.
Davlat test markazi axborot xizmati vakili abituriyentlarning onlayn ro‘yxatdan o‘tishi bilan bog‘liq masalalarga izoh berdi.
Qayd etilishicha, abituriyent my.dtm.uz yoki my.gov.uz saytlari orqali test sinovini topshirishda o‘ziga ma’qul hudud, fanlar majmuasi va fanlar ketma-ketligi bir xil bo‘lgan 5 tagacha ta’lim yo‘nalishini tanlaydi.
Agar abituriyentning imtiyozi bo‘lsa, u imtiyozlar bo‘limida avtomatik ravishda chiqadi (agar chiqmasa, abituriyentga imtiyozni taqdim etgan vazirlik va idoraga murojaat qilishi kerak).
Chet tillari bo‘yicha milliy yoki xalqaro sertifikat mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar abituriyent tomonidan qo‘lda kiritiladi. Ushbu ma’lumotlar tekshiriladi.
Abituriyent kiritgan ma’lumotlarini 20 iyulgacha tahrirlashi mumkin (masalan, ta’lim yo‘nalishini o‘zgartirish, shu vaqtda chet tilidan sertifikat olsa, uni kiritish, test sinovi topshirish hududini o‘zgartirishi mumkin).
Mavzuga oid
18:29 / 11.07.2026
Sertifikatga ega qariyb 13 ming nafar abituriyent test sinovlaridan ozod qilindi
09:09 / 11.07.2026
Endi ovchilik guvohnomasi uchun kurs va testdan o‘tish talab etiladi
17:41 / 11.02.2026
2026 yilgi test imtihonlarida topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi
07:50 / 13.08.2025